• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Global qarishning oldini olish: O‘zbekistonda yoshlarni kadrlar yetishmayotgan davlatlarga ishga joylashtirish taklif qilindi

    Hozirgi kunda aholining qarish jarayoni global muammoga aylanib, dunyo mamlakatlarini tobora ko‘proq qamrab olmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida mutaxassislar yetishmasligini keltirib chiqarmoqda.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Bunday jarayonda mehnatga layoqatli aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun katta imkoniyatlarga ega.

    Malakali kadrlarni eksport qiluvchi davlatlar chet elga mehnat migratsiyasini amalga oshirishda o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun qator imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

    BMT prognozlariga ko‘ra, 2035-yilga borib sayyora aholisining 13 foizi 65 va undan katta yoshdagilarni tashkil qilishi kutilmoqda — bu 1,1 mlrd kishi degani.

    1980-yildan 2010-yilgacha dunyoda keksa yoshdagi aholining ulushi deyarli o‘zgarmagan va 25 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 100 kishiga 65 va undan yuqori yoshdagi 16 kishi to‘gri kelgan.

     

    2035-yilga kelib, BMT prognozlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 26 kishiga ko‘tariladi. Shu bilan birga, rivojlangan davlatlarda aholi qarishining yuqori ko‘rsatkichlari kuzatiladi.

    Aholining qarishi bo‘yicha Yaponiya yetakchilik qilmoqda — 2035-yilga borib, mehnatga layoqatli yoshdagi har 100 kishiga 69 kishi, Germaniyada — 66 kishi to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

    AQSHda tug‘ilishning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramay, har 100 ta mehnatga layoqatli kishiga 44 ta qariyalar to‘gri kelishi kutilmoqda. Bu tendensiya rivojlanayotgan mamlakatlarda ham tobora sezilmoqda.

    Xitoyda har 100 ta mehnatga layoqatli aholiga 15 ta qariya to‘gri kelgan bo‘lsa 2035-yilga kelib 36 taga yetishi kutilmoqda, Lotin Amerikasida 14 dan 27 taga oshadi.

    Aholining qarishi kadrlar yetishmasligiga olib keladi. Kadrlarning eng katta taqchilligi ijtimoiy sohada qayd etilgan.

    Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilga borib bu sohada 2,5 mln bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lishi kutilmoqda, parvarishga muhtoj keksalar soni 7 millionga yetadi.

    Kelgusi yillarda Germaniya aholisining tez qarishi iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarida malakali kadrlar yetishmasligini yanada kuchaytirishi mumkin. Shvetsiya qurilish va mashinasozlik kabi sohalarda ishchi kuchi tanqisligiga duch kelmoqda.

     

    Ko‘pgina kompaniyalar uchun bu tanqislik rentabellik va raqobatbardoshlikning pasayishiga olib keladi. Chexiya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha va Ruminiyadagi ish beruvchilar malakali kadrlar yetishmasligini ishlab chiqarish va qurilishda biznes rivojlanishiga asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatmoqda.

    AQSHda 2030-yilga kelib, urushdan keyingi demografik yuqori o‘sish davrida tug‘ilgan aholi nafaqaga chiqa boshlaganda, muayyan ko‘nikmalarni talab qiladigan bir qator kasblarda kadrlarning yetishmasligi kuzatilishi kutilmoqda.

    Rivojlangan mamlakatlarda keksa odamlar soni ortib borayotganligi sababli kasalxonalar va uzoq muddatli parvarishli tibbiy muassasalarda ishlash uchun mutaxassislarga talab ham ortib bormoqda.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 60 millionga yaqin tibbiyot xodimlari: shifokorlar, hamshiralar, akusherlar, farmatsevtlar va laborantlar ishlaydi.

    Biroq ularning kamomadi taxminan 7,2 mln kishini tashkil etadi va kelajakda bu muammo yanada yomonlashadi.

    JSST prognozlariga ko‘ra 2035-yilga kelib dunyoda 12,9 mln tibbiyot xodimi yetishmasligi kutilmoqda. Agar hozirdan chora ko‘rilmasa, ularning tanqisligi milliardlab odamlar salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

    Immigrantlar oqimining foydalari

    PMTI ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, qariyalar ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga immigrantlar oqimi aholining yosharishiga hissa qo‘shishi mumkin.

    Masalan, immigrantlar sonining 1 foizga oshishi qariyalarning qaramlik yukini 2,4 foizga kamaytirishga va aholi jon boshiga YIMni 4,6 foizga oshirishi mumkin.

    Shunday qilib, keksalar soni ko‘p bo‘lgan mamlakatlarga immigrantlar oqimi mehnat bozorida mutaxassislar yetishmasligi muammosini hal qilishi, aholini yoshartirishi va iqtisodiyotni rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Dunyo aholisining qarishi va shu tufayli kadrlar yetishmovchiligi keskin kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Har yili respublika aholisi o‘rtacha 600 ming kishiga ko‘paymoqda.

    O‘zbekistonning o‘ziga xos demografik xususiyati mehnatga layoqatli aholining yuqori ulushidir. Har yili mehnat bozoriga o‘rtacha 500-600 mingga yaqin yoshlar kirib keladi.

    Mamlakatda har yili 1,5 milliondan ortiq kishi ish bilan ta’minlanishi kerak, ularning yarmini 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Ishchi kuchi taklifi talabdan 1,2 baravar yuqori.

    Keksalarning mehnatga layoqatli aholiga demografik yuki 2020-yilda O‘zbekistonda 7,2 kishini tashkil etdi, dunyoda bu ko‘rsatkich mehnatga layoqatli aholining 100 nafariga 14 kishini tashkil etadi.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    BMT prognozlariga ko‘ra, 2035-yilga borib O‘zbekistonda keksalarning mehnatga layoqatli aholiga tushadigan demografik yuki 12,5 kishini tashkil etadi, jahon miqyosida esa bu ko‘rsatkich 20,2 kishiga yetadi.

    O‘zbekistonda qariyalarning qaramlik darajasi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past bo‘lishi kutilmoqda.

    Shu bois O‘zbekiston kelajakda jahon mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ulkan salohiyatga ega va bu o‘z navbatida mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishi, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

    Ekspertlarning takliflari

    • rivojlangan mamlakatlar bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha, keyinchalik buyurtmachi mamlakatlarida ishga joylashish uchun uzoq muddatli shartnomalar tuzish;
    • mamlakatda xorijiy kollejlar ochish va ularda xorijiy hamkorlar buyurtmalariga asoslanib yosh kadrlarni o‘qitish, bitiruvchilarni xorijda ishga joylashtirishni ta’minlash;
    • shu bilan birga, mutaxassislarni oila a’zolari bilan xorijda ishga joylashtirish masalalarini hal qilish maqsadga muvofiq. Bunda oila a’zolarining xorijda ma’lumot olish, va ishga joylashtirishn imkoniyatlarini ham oldindan ko‘rib chiqish zarur;
    • chet tillarini umumta’lim maktablaridan boshlab sifatli o‘rgatish. Chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturlarida ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llash;
    • dunyoning yetakchi universitetlari bilan doimiy hamkorlikni tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash. Xorijiy professor-o‘qituvchilarni mahalliy universitetlarga jalb qilish. Xalqaro talabalar almashinuvini tashkil etish.

    Shunday qilib, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash O‘zbekistondan malakali kadrlar eksport qilishni tashkil etishga yordam beradi va bu orqali aholining qarish muammosini hal etishga xizmat qiladi.

    Maqolani tayyorlashda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlaridan foydalanildi.

    19.08.2022, 19:10   Izoh (0)   26627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy asosiy hamkor: O‘zbekiston yil boshidan beri nima sotgani va sotib olgani ma’lum bo‘ldi

    19.08.2022, 18:57

    Arab mamlakatlari neftdan qo‘shimcha 1,3 trln dollar daromad oladi

    19.08.2022, 17:36

    Dunyoda oshib borayotgan yoshlarning ishsizlik darajasi 2023-yilga kelib kamayadi

    19.08.2022, 16:08

    Yaponiyada inflyatsiya 2,6 foizga yetib, 2014-yildan beri eng tez sur’atda o‘smoqda

    19.08.2022, 15:34

    Afg‘oniston Rossiya neft mahsulotlarini mayiz va dorivor o‘simliklarga ayirboshlamoqchi

    19.08.2022, 12:31

    Osiyodan Yevropaga dizel yetkazib berish 5 oy davomidagi rekord darajaga yetadi

    19.08.2022, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55

    Mashhur filmlarda ko‘pchilik sezmagan 17 xatolik

    Kino | 28 iyun, 15:35

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.