“Paxtakor” transfer oynasida 13 futbolchisi bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum bo‘ldi
Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi yozgi transfer oynasida 13 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirgan. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Sherlar” mavsumlar oralig‘ida Dragan Cheran va Sherzod A’zamov bilan 2023-yilga qadar mo‘ljallangan kelishuv imzolagan.
Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Izzatilla Po‘latov va Ikrom Aliboyev bilan 2024-yil yakuniga qadar amal qiladigan bitim tuzilgan.
Shaxriyor Jabborov bilan uch yillik shartnoma imzolangan bo‘lsa, Behruz Asqarov, Rustam Turdimurodov, Shahzod Azmiddinov, Abubakr Ashurov, Diyor Ortiqboyev va Kirill Todorov 2026-yilning dekabriga qadar amalda bo‘ladigan kelishuvga imzo chekkan.
Qayd etish kerak, ushbu ro‘yxatda “Paxtakor” transfer transfer qilgan futbolchilar yo‘q.