Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Andijonda AT “Xalq banki” sobiq xodimlari 111 million so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda AT “Xalq banki” Buloqboshi filiali kassiri hamda buxgalter nazoratchisi vazifalarida ishlagan I.M. va SH.SH. 16—25-iyul kunlari o‘zlariga biriktirilgan 3 ta bankomatga naqd pullarni joylashtirish vaqtida jami 111 million so‘mni o‘zlashtirgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi