Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida bank xodimlari 150 nafar fuqarolarga ajratilgan pensiya va nafaqa pullarini talon-toroj qilgan aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AT “Xalq banki” Shahrisabz filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R. o‘zaro til biriktirib, 150 nafar fuqaroga 2022-yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 million so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularga berilishini ta’minlamasdan, o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, talon-toroj qilgan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?