• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Otabek Mahkamov Gollivud aktyori Deniel Redkliff unga nima sababdan rahmat aytgani, lotin amerikalik rafiqasi hamda farzandlari haqida gapirdi (video)

    Aktyor, yurist, bloger Otabek Mahkamov “Zo‘r TV” telekanalining “Yor-Yor” ko‘rsatuviga bergan intervyusida kitobining ilk nusxasini 15 millionga sotgani, amerikalik qizga uylangani, hozirda egizak farzandni tarbiya qilayotgani, AQSHdagi o‘zbeklarning to‘ydagi urf-odatlari va oila qurish tartibi haqida gapirdi.

    Otabek Mahkamov kitobining ilk nusxasi 15 millionga sotilgani va uning yozilishiga “Garri Potter” ham sababchi bo‘lgani haqida

    “ ‘Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 1oo ta uchrashuv’ kitobimni uchta tilda: o‘zbek tilida, rus tilida, ingliz tilida yozdim. Kitobda oxirgi 18 yil davomida dunyoning 52 ta davlatida tarixiy shaxslar bilan qanday qilib tanishganim, nimalar haqida gaplashganim va eng asosiysi — har biridan qanaqa hayotiy saboq olganimni aytganman. Ba’zilaridan qanday inson bo‘lmaslik kerakligini o‘rgandim, o‘zbek xalq maqollarida ham bor, odobni odobsizdan o‘rgan deyilgan. Shunaqasi ham bo‘lgan.

    Bu kitobni oyimga bag‘ishladim. Chunki bundan 12 yil oldin onam saraton kasalligidan vafot etgan. Kitobdan birinchi tushgan foyda ham O‘zbekistonda saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun ishlatiladi. Kitobning ilk nusaxasini auksionga qo‘yib, 15 millionga sotdik va shu pulga dori olib, saraton kasalligiga chalingan bolalarga berdik.

    Bu kitobni yozishimga yana bir sababchi insonlardan biri dunyodagi eng mashhur aktyorlardan biri, ‘Garri Potter’ filmining bosh rollaridan birini ijro etgan aktyor Deniel Redkliff bo‘lgan. Bu inson bilan uchrashib, men sizning o‘zbekistonlik hamkasbingizman deganimda, kechirasiz, men O‘zbekiston haqida eshitmaganman, degan. Men esa geografiya o‘qituvchingizga salom ayting, olgan oyligini davlatga qaytarib bersin, dedim.

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    U bilan ikki yildan so‘ng ko‘rishib qolganimda, tanimaydi deb o‘ylaganman, chunki millionlab insonlar bilan uchrashadi, biroq u uzoqdan meni ko‘rib o‘zbekistonlik aktyor kelyapti degan, oldimga kelib esa bilasizmi men geografiya o‘qituvchimga salomingizni yetkazdim, ular menga qo‘shimcha dars berdi, endi O‘zbekistonni bilaman, poytaxti Toshkent ekan, atrofida 5 ta respublika bor ekan, sizga rahmat, dedi. Garri Potter, ya’ni Deniel Redkliff hozir O‘zbekiston haqida 100 foiz ma’lumotga ega”, — deydi Otabek Mahkamov.

    Fransiyalik qizni sevgan aktyor amerikalik qizga uylangani va egizak farzandlari haqida

    “Sevgan qizim fransuz millatiga mansub edi. U bilan ko‘p yillar davomida munosabatda bo‘lganman, lekin, afsuski, shunaqa bo‘lib qoldi, hayot o‘zining qoidalariga ega ekan. Hozir u boshqa inson bilan turmush qurgan, men esa haqiqatan ham amerikalik ayol bilan turmush qurganman. Uylanganimga ancha bo‘ldi, farzandlarim bor. Ular voyaga yetmoqda, egizak farzandim bor, ismi Hasan va Husan. Hammasi yaxshi. Hayotimdagi eng katta faxrim — bu mening oilam. Shuning uchun men juda ham baxtiyorman. Turmush o‘rtog‘im qaysi millatga mansub bo‘lmasin, asosiysi, biz bir-birimizni tushunamiz, yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz. Ayolim farzandlarimga o‘zbekcha ism qo‘yishga qarshilik bildirmagan, bizda kelishuv bor”, — deydi jurnalist.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    AQSHda ham sovchilik qadriyatiga amal qilinadimi?

    “AQSHda 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik yashaydi va u yerda ham sovchilik qadriyati bor. Yaqinda bir do‘stim yaxshi qiz bo‘lsa, tavsiya qilishimni so‘radi va men shunday qildim, chunki qarasam ikkalasining ham fe’l-atvori o‘xshash ekan. Bolaning ismi To‘lqin edi. U tavsiya uchun rahmat, lekin mening ota-onam AQSHda emas, shuning uchun sovchilikka o‘zing borasan, dedi. Hayotimda shuncha ish qilib, sovchilikka bormagan ekanman. Sovchilikka borishga to‘g‘ri keldi va hozirda ular Nyu-Yorkdagi eng baxtli oilalardan biri”, — deydi aktyor.

    Otabek Mahkamov “Yor-Yor”ga o‘xshagan ko‘rsatuvlar AQSHda ham borligi haqida

    “Hozir ‘Yor-yor’ga o‘xshagan ko‘rsatuv AQSHda, Rossiyada, dunyoning har bir mamlakatida bor, chunki bu kabi ko‘rsatuvlarning bo‘lgani yaxshi. Bu ko‘rsatuv ‘Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi’ filmiga o‘xshab ketadi, unda ham bosh qahramon turmush qurish uchun agentlikka murojaat qiladi. Bu kabi ko‘rsatuvlar bor va borligi juda katta plyus”, — deydi Otabek Mahkamov.

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    AQSHda oila qurish tartibi, u yerda o‘zbeklar to‘yda milliy libosda kiyinishi va farzandlar oila qurgandan so‘ng alohida yashashi haqida

    “AQSHda yoshlar bir-biri bilan o‘zi tanishadi. Masalan, jiyanim Avstraliyada britaniyalik inson bilan turmush qurdi. Bu haqda to‘yidan bir hafta oldin ota-onasiga aytgan. AQSHda ham xuddi shunaqa qoida, lekin o‘zbeklar yashayotgan joyda deyarli hamma yoshlarning ota-onasining o‘zi topadi. U yerdagi to‘ylarga borganda oldin uncha e’tibor bermas edim, hamma ayollar atlas ko‘ylak kiyadi, erkaklar esa do‘ppida. O‘zbekistonda, ayniqsa, Toshkentdagi to‘ylarda yevropaliklarning kiyimni kiyishadi. Biz u yerda vatanimizni, urf-odatlarimizni sog‘inamiz, shuning uchun ham to‘ylarda milliy libosda bo‘lamiz.

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    Foto: Instagram /@otabekmahkamov_

    AQSHda deyarli barcha farzandlar oila qurgandan keyin alohida uyga chiqib ketadi. Ota-onasi tirik bo‘lsa, ularning ham o‘z hayoti bo‘ladi. Agar ota yoki ona yolg‘iz qolgan bo‘lsa, ular birga yashashadi. AQSHda shaxsiy hayot, shaxsiy chegara degan narsa katta rol o‘ynaydi, har bir oila alohida yashashi shart”, — deydi aktyor.

    Mavzuga doir: Poliglot mashhurlar: O‘zbek shou-biznesining bir nechta tilda erkin gaplasha oladigan vakillari (foto)

    15.08.2022, 13:16   Izoh (0)   31678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aktyorlarga olamshumul shuhrat keltirsa-da, oz miqdordagi gonorar evaziga suratga olingan mashhur film hamda seriallar (foto)

    15.08.2022, 11:35

    “O‘rgimchak odam” yulduzi Tom Holland ruhiy xotirjamlik uchun ijtimoiy tarmoqlarni tark etdi

    15.08.2022, 09:45

    Instagram: Uchinchi farzandi haqidagi savolga javob bergan Asal Shodiyeva, Muqaddas Sa’dullayevaning yangi uyidan reportaj, Feruza Normatovaga sevgi izhor qilishdi...

    14.08.2022, 22:39

    Foto: Oliy ma’lumotga ega bo‘lmay ham ulkan muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar

    14.08.2022, 19:57

    Orzudagi sovg‘a: 25 yoshli milliarder Kayli Jenner tug‘ilgan kunida onasidan kutilmagan hadya oldi

    14.08.2022, 15:43

    Oshqozon kichraytirish operatsiyasidan so‘ng salkam 20 kiloga ozgan Muyassar Berdiqulova ovqatlanish tartibi va unga bildirilgan munosabatlar haqida (video)

    14.08.2022, 11:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.