Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Angren pipe plant” ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Foto: Angrentube

Foto: Angrentube
Talabgorlar tijorat takliflarini joriy yil 6-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etishi mumkin.

Agar birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Korxona haqida ma’lumot

“Angren pipe plant” — O‘zbekistonda turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lib, loyiha quvvati yiliga 8 ming tonnani tashkil etadi.

Asosiy xomashyo sifatida Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik tog‘-kon va qayta ishlash korxonalaridan biri bo‘lgan “Olmaliq KMK” tomonidan asosiy metall tarkibi 99,99 foiz bo‘lgan katodli mis yetkazib beriladi.

2021-yil yakuniga ko‘ra, korxona 606,8 mlrd so‘m sof tushum, 167,2 mlrd so‘m sof foyda olgan.

 

Avvalroq “Dori-darmon” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi