Angliya Premyer Ligasi 2-turida “Brentford”ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag shogirdlariga dam olishni taqiqlab qo‘ydi.
Dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan murabbiy futbolchilarga dam olmasdan mashg‘ulotlarda ishtirok etishni buyurgan, deb yozadi BBC jurnalisti Saymon Stoun.
Mankunianliklar APLning dastlabki 2 turida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning keyingi o‘yini 23-avgust kuni “Liverpul”ga qarshi bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)