Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida uglevodorodlar zahirasini oshirishga doir loyihalar hamda “Uzbekistan GTL” zavodida sintetik yoqilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarish holatini o‘rgandi.

“Ishchi guruh” “Uzbekistan GTL” zavodining markaziy binosida joylashgan zamonaviy boshqaruv panellari orqali zavodning 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarini sinxron ekspluatatsiya qilish texnologik tizimi bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Shuningdek, texnologik jarayonlarni bir maromda va xavfsiz amalga oshirilishiga mas’ul bo‘lgan mahalliy yosh smena muhandislari va mutaxassislarning boshqaruv jarayonlarini yanada innovatsion tarzda amalga oshirilishi yuzasidan fikr va mulohazalarini tingladi.

“Uzbekistan GTL” zavodida faoliyat olib borayotgan litsenziar vakillar boshqaruvi raisi bilan suhbat chog‘ida zavodning ishlab chiqarish jarayonlari yuqorida qayd etilgan mahalliy mutaxassislar tomonidan texnologik sikli xavfsiz va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘laqonli mahalliy va xalqaro standartlar talabiga javob berishligini litsenziarlar tomonidan e’tirof etishdi.

Bundan tashqari boshqaruv raisi joriy yilning 9-avgust kuni neft va gazni qayta ishlash sohasida AQSHning yetakchi va nufuzli hisoblanmish “Hydrocarbon Processing” nashrining “Gazni qayta ishlashning eng yaxshi texnologiyasi” nominatsiyasida “Uzbekistan GTL” zavodi nomzodlar uchligiga kirganini bilan zavod xodimlarini tabrikladi.

Shundang so‘ng, zavodning qurilmalarida olib borilayotgan texnologik jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Ekspluatatsiya davrini uzaytirish uchun o‘rganishlar olib borish va qurilmalarda faoliyat yuratayotgan xodimlarni doimiy ravishda bilim va malakalarini oshirib borishga qaratilgan ko‘rsatmalar berildi.

“Ishchi guruh” a’zolari tomonidan zavodda sintetik dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish, saqlash holatlari o‘rganildi hamda sotish ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ham tahliliy ko‘rib chiqildi. Boshqaruv raisi “GTL” dizel yoqilg‘isi sotilishi boshlanganini ta’kidlab, qisqa muddat ichida jami 31 ming tonnaga yaqin sintetik dizel mahsuloti Tovar-xom ashyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinganini e’tirof etdi. Qo‘shimcha ravishda, nafta mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirishga doir vazifalar belgilab berildi.

Zavodning markaziy laboratoriyasi binosida joylashgan zamonaviy qurilma va asboblar orqali zavodda ishlab chiqarilayotgan “GTL” dizel yoqilg‘isi Euro-6 (YEN15940) Yevropa ekologik standarti va “O‘zDSt EN 15940:2022” milliy standartining yuqori talablariga javob berishini tizimli va doimiy ravishda olib boriladigan laboratoriya tahlil jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Boshqaruv raisi texnologiya litsenziari “Sasol” kompaniyasining ilmiy xodimi janob Metio Djon bilan uchrashib, zavodning Markaziy laboratoriyasida amalga oshirilayotgan tahlillar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini hamda bu yerda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar haqida hamda “Sasol” kompaniyasi ishonchli va o‘zaro ko‘p yillik samarali hamkorlik haqida suhbat olib bordi.

Janob Djon zavodning noyobligi va yuqori darjada jihozlanganligi hamda ushbu zavodda ishlayotgan yosh mutaxassislarning kuchli bilimi va salohiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ bu kabi noyob va mega loyihalarni amalga oshirib kelayotgani katta yutuq ekanligini qayd etdi.

Tashrif yakunida, zavodning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi va sintetik yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlarni yetkazib berilishini bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Sho‘rtan konining chuqur qatlamlari istiqbolligini o‘rganish maqsadida “Terrigen-yura” qatlamini o‘rganish bilan neft-gaz zaxiralarini o‘stirish bo‘yicha burg‘ilash ishlari boshlangan “Terrigen-1” izlov-qidiruv qudug‘ida bo‘ldi.

Sho‘rtan hududidagi konlar, xususan Sho‘rtan koni Sho‘rtan gazkimyo majmuasi va ushbu kompleks bazasida yangidan ishga tushirilayotgan GTL zavodining ham xomashyo bazasi hisoblanadi. Uglevodorodlar zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur asosida 2021-yilda Sho‘rtan konida 3D seysmika-geofizika ishlari amalga oshirilib olingan natijalar tahlili asosida ushbu “Terrigen-1” qudug‘ini burg‘ilash ishlari boshlangan edi.

Shundan so‘ng, Sho‘rtan konidagi burg‘ilash ishlari olib borilayotgan 371, 372, va 374- sonli yangi ishlatish quduqlarini burg‘ilash jarayonlari bilan tanishib chiqildi. O‘rganishlar davomida pudratchi burg‘ilash tashkilotlari va tegishli departament boshliqlari bilan konlarda va yangi maydonlarda olib borilayotgan quduqlarni burg‘ilash va murakkab ta’mirlash ishlari muammoli masalalar muxokoma qilinib ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi