Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati Buxoro tumanida tadbirkorning yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deb xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.S. Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududidagi tadbirkor Sh.ning issiqxonasiga qarashli 4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro A.ga 8 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni o‘ziga tegishli ekanini aytgani aniqlangan. U tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 4 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?