• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ayollar qalbini nafaqat kuchli xarizmasi, balki o‘tkir aqli bilan ham zabt etgan aktyor — Ben Afflek haqida 20 ta qiziqarli fakt (foto)

    Bolaligidayoq Ben Afflek kinematografiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning shaxsiy hayotini ham juda qiziqarli deb atash mumkin, chunki bir vaqtlar aktyor Gvinet Peltrou bilan uchrashgan, Jennifer Garnerga uylangan va hozir u Jennifer Lopes bilan baxtli hayot kechirmoqda. Ben Afflek nafaqat muvaffaqiyatli aktyor, balki juda jiddiy rejissor ham.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Bo‘lajak “Oskar” sovrindorining onasi boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi, otasi esa tirikchilik sabab avtomexanik, elektrchi va farrosh bo‘lib ishlagan yosh dramaturg edi. Ben 11 yoshga to‘lganda, ota-onasi ajrashishadi.
    • 7 yoshida Afflek kitobsevar, iqtidorli beysbolchi va kelajakdagi aktyor edi. 1979-yilda u o‘zining debyut filmi bo‘lgan “Qorong‘i ko‘cha oxiri” filmida rol o‘ynaydi. Kartinada suratga tushgan 7 yoshli aktyor opasi rolini o‘ynagan 19 yoshli qizni sevib qoladi. Keyinchalik u “Mimining sayohati” teleko‘rsatuvi yulduziga aylanadi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Ben akasi Keysi va onasi bilan birgalikda tez-tez spektakllarga borardi va umuman olganda, oila doimo san’at olamidagi odamlar bilan hamfikr edi. Bolaligidayoq Ben uy filmlarini suratga olishni boshlaydi. Biroz vaqt o‘tgach, uning aktyorlik mahoratidan dars beruvchi o‘qituvchisi bo‘lajak aktyorni “juda aqlli va o‘ta qiziquvchan bola” deb ta’riflaydi. Keyinchalik bolakay reklamalarda suratga tusha boshlaydi. Onasi u o‘qituvchi bo‘ladi, deb umid qiladi, chunki u aktyorlikni bema’ni kasb deb hisoblardi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • 13-14 yoshida u kattalar bilan bemalol suhbatlashardi. Ben onasini uning kollejda o‘qishi uchun yig‘gan jamg‘armalarini bankdan olishga ko‘ndiradi. U aktyor bo‘lishni orzu qilgan Mett Deymon bilan ayrilmas do‘st tutinadi. Ular hattoki birgalikdagi bank hisobiga ega bo‘lib, kastinglarga borish uchun poezd yoki samolyot chiptalariga pul yig‘ishardi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Bolaligidagi rollarni Afflek professional darajada o‘ynagan, biroq aktyor tan olganidek, kinoga “tasodifan” kirib kelgan. Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarida ham Ben filmlarda rol o‘ynashni davom ettiradi, uning rollari “bir-biridan bema’ni” edi. 1995-yilda u “Mashhurlik jilosi” filmida birinchi marta bosh rolni o‘ynaydi.
    • Bir muncha vaqt Afflek moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi va tez-tez Mett Deymonning uyidagi divanda tunab qolardi. Afflekning karyerasi “Takasaltanglar” (1995) filmi chiqqandan so‘ng keskin ko‘tariladi va “Emining ortidan” (1997) filmidagi roli uni tomoshabinlarga tanitdi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Haqiqiy mashhurlik unga “Dono Uill Hanting” (1997) filmi ekranlarga chiqqandan keyin keldi. Film ssenariysini 1992-yilda Mett Deymon Garvard universitetida drama kursi uchun yozgandi. Keyinchalik, ikki do‘st birgalikda ssenariy ustida ishlay boshladilar.
    • Afflekning tan olishicha, bu ssenariyni yozishga u va Mett o‘zlari xohlagan rollarni ololmagani turtki bo‘lgan, shuning uchun ular o‘z filmlarini yaratishga qaror qilishgan. Aytgancha, ayrim epizodlar aktyorlarning haqiqiy hayotidan olingan. Masalan, film bosh qahramoni xuddi Benning otasi kabi nufuzli ta’lim muassasasida farrosh bo‘lib ishlagan. 25 yoshida Afflek “Eng yaxshi original ssenariy” uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritadi va bu mukofotni qo‘lga kiritgan eng yosh odamga aylandi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Buning ortidan “Armageddon” filmida suratga olish boshlandi. Ben filmda suratga tushishidan oldin kartina prodyuseri Afflekdan ozishini, qorayishini va tishlarini to‘g‘rilashini talab qiladi. Ben hech bir muammosiz bunga rozi bo‘ladi. Aytgancha, bu aktyorning farzandlari keyinroq tomosha qilgan yagona lenta. U tijorat sohasida ham muvaffaqiyat qozonadi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • 1997-yildan 1999-yilgacha Afflek Gvinet Peltrou bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi. Keyinchalik ular munosabatlarini tikladilar, lekin yana ajralishdi. Aytgancha, ajrashganidan ko‘p yillar o‘tgach, aktrisa ular yaxshi do‘st bo‘lib qolishlarini va Afflek 45 yoshgacha u uchratganlari ichida eng aqlli odam ekanligini alohida ta’kidlaydi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • 2003-yilda aktyor “Baloyi azim” filmida rol o‘ynaydi, bu film tanqidchilarning nomaqbul baholariga sazovor bo‘ldi va Afflekning o‘zi bu uning filmografiyasida afsuslangan yagona lenta ekanligini aytadi. Ammo “Baloyi azim” filmining suratga olish maydonchasida u Jennifer Garner bilan do‘stlashadi va 2005-yilda ular turmush quradi.
    • Bu nikohdan ularning 3 nafar farzandi bor edi. 12 yillik turmushdan keyin aktyorlar ajrashish uchun ariza berishadi. Keyinchalik, Afflek bu ajralish “uning hayotidagi eng katta og‘riq” ekanligini aytadi va u hech qachon ajralish haqida o‘ylamaganligini ta’kidlaydi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • 2001-yil oxirida Ben Jennifer Lopes bilan tanishadi, ular dastlab do‘stona munosabatda edi. Oradan bir yil o‘tgach qo‘shiqchi o‘sha paytdagi eri Kris Juddan ajrashish uchun ariza bergach, Ben bilan munosabatlari boshlanadi.
    • Tabloidlar bu juftlikka darhol Bennifer deb nom beradi. Lopes ham sevgilisi ilhomlantirilgan va unga bag‘ishlangan va “Bu men ... Keyin” albomini chiqaradi. Ular keyinroq unashtiriladi va 10 oydan keyin “OAVning haddan tashqari e’tibori tufayli” unashtiruv bekor qilinadi. 2004-yilning boshida juftlik munosabatlariga nuqta qo‘yadi, ammo ularning hikoyasi shu bilan tugamaydi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Ben Afflek 2007-yilda rejissor sifatida debyut qiladi. U “Alvido, qizaloq, xayr” filmini yaratadi, kartina tanqidchilarning ijobiy baholariga sazovor bo‘ladi, biroq uning keyingi filmi “O‘g‘rilar shahri” (2010) kabi mashhur bo‘lmaydi. Katta kassa to‘plagan ushbu film chiqqandan so‘ng, tanqidchilar Benni jiddiy rejissor deb atay boshlaydilar.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • 2012-yilda Afflekning “Argo operatsiyasi” filmi ekranlarga chiqadi. Jurnalistlar bu kartinani 2012-yilning eng yaxshi filmlaridan biri deb atashadi va Afflekning rejissorlik faoliyatiga jiddiy qaary boshlaydilar. Kartinaning katta tijoriy muvaffaqiyatga erishishadi — u “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” va “Eng yaxshi montaj” nominatsiyalarida “Oskar” va bir qancha kinematografiya mukofotlarini qo‘lga kiritadi. Aytgancha, butun faoliyati davomida Afflek ikki marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan va ikki marta mukofot olgan.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli aktyor qisqa muddatga kino olamidan ketdi va 2019-yilda qaytib keldi. Keyinchalik u tanqidchilar tomonidan yomon baholangan bir nechta filmlarda rol o‘ynadi, masalan, “U xohlagan oxirgi narsa” filmi kabi. O‘sha paytda tanqidchilar Afflekka charchagan va hissiyotsiz deb ta’rif berishgan.
    • 2020-yilda u “Tashqarida” filmida bosh rolni o‘ynadi. Aktyorning bu ishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik “So‘nggi duel” (2021) filmi chiqdi, uning ssenariysi Afflek, Deymon va Nikol Xolofsener tomonidan yozilgan. Bir tanqidchi ta’kidlaganidek, u o‘zi uchun eng qiziqarli personajni yarata oldi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Afflek va Lopesning munosabatlariga nuqta qo‘yilganiga qaramay, juftlik omma oldida muloqot qilishda davom etishdi va bir-birlari haqida juda iliq gapirishdi. Lopes bilan ajrashganidan bir necha yil o‘tgach, Afflek ular bir-birlarini sevib xato qilishganini aytdi.
    • Ammo, aftidan, yillar o‘tib, u fikrini o‘zgartirdi, chunki 2021-yilda ularning munosabatlari tiklandi. Ayrimlarning aytishicha, ular o‘rtasida g‘ayrioddiy “kimyo” bor edi. To‘ydan bir kun oldin uni tark etishga qaror qilganidan 19 yil o‘tgach, sevishganlar vanihoyat turmush qurdi.

    Foto: EastNews

    Foto: EastNews
    • Shu bilan birga, Afflekning aktyorlik karyerasi o‘sishda davom etdi. 2021-yil oxirida Jorj Kluni rejissorligidagi Ben asosiy rollardan birini ijro etgan “Nafis bar” filmi ekranlarga chiqdi. Kluni o‘z tanlovini bu aktyorni juda aqlli deb bilishi bilan izohladi. Jurnalistlardan biri hatto Afflekni “shu rol uchun tug‘ilgan” deb aytdi.
    • 2022-yilda Ben o‘zining rejissor sifatidagi 5-filmini suratga olishni boshladi. Film ssenariysini Mett Deymon bilan hamkorlikda yozgan. 2023-yilda esa aktyor “Flesh” filmidagi superqahramon Betmen rolida yana ekranlarga qaytadi.
    12.08.2022, 10:55   Izoh (0)   23175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muhabbat Hamroyeva ko‘zi ko‘rmay qolgan azobli yillar, tuhmatlardan ruhan singani haqida (video)

    11.08.2022, 20:48

    Sahnada olamshumul shon-shuhratga erishgan bo‘lsa-da, hayotda o‘ta baxtsiz bo‘lgan qo‘shiqchi — Uitni Xyustonning fojiali taqdiri

    11.08.2022, 10:51

    Foto: Dunyodagi eng boy odamlarning farzandlari qanday yashaydi va nima ish bilan shug‘ullanadi?

    09.08.2022, 20:46

    Bollivud yulduzi Amir Xonning “Laal Singh Chadha” filmiga boykot e’lon qilindi

    08.08.2022, 19:23

    “Jim Kerri, sendan nafratlanaman”. Suratga olish maydonchasida mushtlashishgacha borgan Gollivud yulduzlari (foto)

    07.08.2022, 18:33

    Kir yuvish mashinasidan ot fermasigacha: Gollivud yulduzlari ilk gonorarini nimaga sarflagan?

    06.08.2022, 17:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.