• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bollivud yulduzi Amir Xonning “Laal Singh Chadha” filmiga boykot e’lon qilindi

    Yaqinda hind aktrisasi Kangana Ranaut Instagram sahifasida ta’kidlashicha, Amir Xonning o‘zi 1994-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Forrest Gamp” filmining rasmiy hindcha remeyki — “Laal Singh Chadha” filmining boykot tendensiyasini “nazorat qilgan”, deb yozadi Bollywoodtime.

    Foto: Bollywoodtime

    Stories’lari bilan o‘rtoqlashar ekan, Kangana shunday deb yozdi: “Menimcha, Amirxon bo‘lajak filmining namoyishiga yaqin barcha salbiy narsalarni o‘zi mohirona nazorat qildi. Bu yil bitta ham Bollivud filmi ommalashmadi (“Labirint” sikveli bundan mustasno). Faqat mahalliy koloritdagi janubiy filmlar ish berdi. Gollivud remeyki baribir mashhur bo‘lmasligi aniq edi”.

    Foto: Bollywoodtime

    Namoyish etilishiga bir necha kun qolganda “Laal Singh Chadha” beixtiyor bahslar markaziga aylandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari arxivlarni ko‘zdan kechirib, Amirxonning “Hindistonda murosasizlik kuchayishi” haqidagi bahsli bayonotini topib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatdi. 2015-yilda Amir Xon o‘z intervyusida shunday degan edi: “Mamlakatimiz juda bag‘rikeng, ammo g‘arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar ham bor”. Uning sobiq rafiqasi Kiran Rao ham farzandlarining xavfsizligi uchun mamlakatni tark etish haqida o‘ylayotganini aytib, gazeta sarlavhalaridan joy olgandi.

    Kangana Ranaut

    Kangana Ranaut
    Foto: Bollywoodtime

    Aktyorning so‘zlariga munosabat bildirgan foydalanuvchilar #BoycottLaalSinghChaddha va #Boycottaamirkhan kabi xeshteglar bilan postlar qoldirmoqda.

    Shuningdek, aktyorga “Laal Singh Chaddha”ning suratga olish paytida Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an bilan u yerda uchrashgani ham eslatildi. Chunki Turkiyaning Hindistonga qarshi va Pokistonga tarafdorlik pozitsiyasi kuchayib borayotgani fonida odamlar bu uchrashuvdan norozi edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi voqealar Xonni xavotirga soldi. U odamlardan filmlarini tomosha qilishni so‘rashiga to‘g‘ri keldi: “Bu Bollivudga boykot. Amir Xonga boykot. Filmga boykot. Ko‘pchilik meni Hindistonni yoqtirmaydi, deb o‘ylashi juda qattiq xafa qiladi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Men vatanimni juda yaxshi ko‘raman... Afsuski, ba’zilarning shunday deb o‘ylashi achinarli. Men hammani ishontirib aytmoqchimanki, bunday emas, shuning uchun filmlarimni boykot qilmang, ularni tomosha qiling”, — dedi Amir yaqinda Mumbay OAViga bergan intervyusida.

    Film atrofidagi bahslarga Kanganadan tashqari aktyor Milind Soman ham aralashdi. U Amirni qisqa tvit bilan qo‘llab-quvvatladi: “Trolllar yaxshi filmni to‘xtatib qola olmaydi”.

    “Laal Singh Chaddha” filmiga Advait Chandan rejissorlik qilgan. Filmda Amir Xon o‘zining “Uch savdoyi” filmidagi partnyorlari Karina Kapur va Mona Singh bilan ishtirok etdi. Shuningdek, loyihada Nagarjunaning o‘g‘li Naga Chaytana Bollivuddagi debyuti ijro etdi. Film prokatda Akshay Kumarning “RakshaBandxan” filmi bilan raqobatlashadi. Kartinaning namoyish etilish sanasi 2022-yil 11-avgustga belgilangan.

    Foto: Bollywoodtime

    Bu Amir Xonning loyihalari tufayli odamlarning g‘azabiga birinchi marta duchor bo‘lishi emas. 2014-yilda uning “Pikey” filmi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan, xabarlarga ko‘ra, hatto tashkilotlari diniy his-tuyg‘ularni kamsitgani uchun filmni taqiqlashni talab qilgan. Odamlar “Pikey”da hindu xudolari masxara qilgan deb da’vo qiligan. Tanqidlarga qaramay, film butun dunyo bo‘ylab 832 million rupiy (104 million dollar) daromad to‘plagan.

    Mavzuga doir: Bollivud yulduzi Amir Xon bir-biriga umuman o‘xshamaydigan obrazlarni gavdalantirgan ajoyib filmlar (video)

    08.08.2022, 19:23   Izoh (0)   19688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jim Kerri, sendan nafratlanaman”. Suratga olish maydonchasida mushtlashishgacha borgan Gollivud yulduzlari (foto)

    07.08.2022, 18:33

    Kir yuvish mashinasidan ot fermasigacha: Gollivud yulduzlari ilk gonorarini nimaga sarflagan?

    06.08.2022, 17:58

    Yoshligida mashhurlarga ko‘ngil qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto)

    04.08.2022, 17:41

    Chavandoz, bosh oshpaz, kurashchi: Gollivud yulduzlarining ota kasbini tanlamay, boshqa sohada mashhur bo‘lgan farzandlari (foto)

    02.08.2022, 17:30

    Farzandlari oddiy hayot kechirishi uchun o‘z kasbini sir tutgan mashhur ota-onalar (foto)

    28.07.2022, 17:52

    200 dan 10 ming dollargacha: Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva va boshqa ayol san’atkorlarning Instagram'dagi sahifasiga reklama berish narxi qancha?

    25.07.2022, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.