Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UzAuto Motors’ning 2022-yilning yanvar—iyun oylaridagi umumiy tushumi 19,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshdi — o‘shanda 10,6 trillion so‘m bo‘lgan edi. 

Mahsulot tannarxi ham sezilarli darajada oshdi – 8,4 trillion so‘mdan 15,8 trillion so‘mga yetdi.

UzAuto Motors yil boshidan beri 334,5 milliard so‘m soliq to‘lagan.

Shunday qilib, kompaniyaning yarim yillik sof foydasi 1,78 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir — unda 902 milliard so‘m edi.

Avvalroq UzAuto Motors Rossiya va Shveysariya banklari o‘rtasidagi mojaroga sabab bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi