Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78
10-avgust kuni Ukraina harbiylari Kaxovka GES yaqinidagi Dneprdan o‘tuvchi ko‘prikka muvaffaqiyatli zarba berilgani haqida ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlari yana Ukraina shaharlarini o‘qqa tutdi: Dnepropetrovsk viloyatidagi Marganets shahrida kamida 13 kishi halok bo‘ldi, Donetsk viloyatidagi Baxmutda esa yetti kishi qurbon bo‘ldi. Rossiya Davlat dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Slutskiy RT nashriga bergan intervyusida “maxsus operatsiya” “ortga qaytmaslik nuqtasidan o‘tgani”ni va “hech qanday shubhasiz davom ettirilishi”ni ma’lum qildi. Meduza urushning 168-kuniga tegishli fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Dnepropetrovsk viloyati

Dnepropetrovsk viloyati Marganets shahrining Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatlari. 10-avgust kuni kechqurun olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 13 kishi halok bo‘lgan, maktab, turar joylar va boshqa fuqarolik obyektlariga zarar yetgan

Foto: Anadolu Agency

Marganetsdagi turar joylardan birining Rossiya snaryadi kelib tushganidan keyingi ko‘rinishi

Zaporojye viloyati

Zaporojye viloyatida qishloq hududiga Rossiya snaryadi kelib tushganidan keyin hosil bo‘lgan chuqur. Viloyatning yirik markazlari — Melitopol, Berdyansk, Energodar (u yerda Zaporojye AES joylashgan) — hujum boshlanganidan buyon Rossiya istilosi ostida qolmoqda, u yerlarda Rossiya hukumati RFga qo‘shilish haqida referendum o‘tkazmoqchi

Nikolayev viloyati

Nikolayevlik Angelina devordagi teshikdan mo‘ralamoqda. Teshik yaqinda Rossiya tomonidan berilgan zarbalar chog‘ida snaryad parchasi kelib tegishi natijasida hosil bo‘lgan

Foto: Reuters

Ukraina qurolli kuchlari tanki Nikolayev yaqinidagi front chizig‘ida. Nikolayev viloyati bosib olingan Xerson viloyati bilan chegaradosh, ammo Rossiya qo‘shinlari mart boshida Nikolayevni egallab ololmagandi. O‘shandan buyon port shahar Ukraina nazorati ostida turibdi, biroq deyarli har kuni Rossiya tomonidan o‘qqa tutilmoqda

Xarkov viloyati

Ukrainalik ZU-23-2 zenit qurilmasi operatori Xarkov ostonalarida front chizig‘ida. Viloyatning Rossiya bilan chegaradosh poytaxtini (Xarkovdan Belgorodgacha bor-yo‘g‘i 80 km) Rossiya qo‘shinlari may o‘rtalarida egallab ololmagan va chekingan edi. Ammo shahar deyarli har kuni Rossiya tomonidan o‘qqa tutiladi. Viloyatda mahalliy janglar davom etmoqda

Donbass shimoli

Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donetsk viloyatining Kramatorsk shahri yaqinidagi tuproq yo‘l chekkasida buzilgan zirhli texnika bilan. Bu shahar — muhim yuk tushirish va ortish punkti hamda Donbassdagi Rossiya armiyasi uchun asosiy nishonlardan biri

Foto: AP Photo

O‘t o‘chiruvchilar Baxmutda ko‘p qavatli turar joyga Rossiya snaryadi kelib tushganidan keyin yonib ketgan xonadonda alangani o‘chirmoqda. Baxmut Donetsk viloyatiga chuqurroq kirib borishga urinayotgan Rossiya qo‘shinlarining yo‘li ustida joylashgan va muntazam o‘qqa tutiladi

Soledardagi uylardan birida qolgan fuqarolar yerto‘laga yashiringan. Shahar uchun og‘ir janglar bormoqda. 10-avgust kuni LXR va DXR o‘z qo‘shinlari Soledar va Baxmut chegarasida ekanini ma’lum qildi

Donbassdagi front chizig‘idan bir necha kilometr uzoqlikdagi fermada baqlajon hosili yig‘ib olinmoqda

Foto: AFP

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi