Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida xonadonda giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs aniqlandi.
4-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Oqjar mahalla hududida yashovchi T.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada fuqaro xonadonida “ko‘knori somoni” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh (0)