Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy va “Tolibon” vakillari Kobulda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralarni Xitoy Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili vazifasini bajaruvchi Yue Syaoyun va Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqi o‘tkazgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Xitoy Afg‘oniston milliy iqtisodiyotiga yordam berish uchun qarag‘ay yong‘og‘idan tashqari, yangi va quritilgan mevalar sotib olishni ko‘rib chiqmoqda”, — dedi muzokaralarda Xitoy diplomati.

“Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Qahhor Balxiyning aytishicha, “Yangi Afg‘oniston hukumati qisqa muddatda murakkab va muhim vazifalarni bajara oldi va tabiiy ofatlar hamda sovuq qish bilan yaxshi kurashdi”.

Shuningdek, u Yue Xiaoyongning Kobulga tashrifi avval erishilgan kelishuvlarni bajarishga qaratilganligini ta’kidlagan. Bu vazir vakilining 2021-yil avgustidan beri Kobulga ikkinchi safari bo‘lgan.

Mavzuga doir: “Tolibon” odob-axloq qoidalari va uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rganish o‘rta maktab o‘quvchilarini maktablarga qabul qilishning zaruriy sharti deb atadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“100 ga yaqinidan 73 tasi yangilandi”. Dehqonoboddagi jin ko‘priklarning nechtasi yangilanganiga aniqlik kiritildi (video)
Sport
Lionel Messi MLS’ga o‘tsa, liga klublari futbolchining maoshini to‘lashga yordam berishga tayyor
Mahalliy
O‘zbekistonda fevral oyida 25 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi