Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Afg‘onistondagi o‘rta maktab o‘quvchi qizlari maktablarga odob-axloq, uy vazifasi va e’tiqodga oid fanlarni o‘z ichiga olgan o‘quv dasturi tayyorlangach, ruxsat etiladi, dedi ta’lim vaziri o‘rinbosari Said Ahmad Shahid-Xel. Bu haqda TOLOnews’ga tayanib, “Mediazona.ca” xabar bermoqda.

Foto: The New York Times

Foto: The New York Times

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, qizlar uchun o‘quv dasturiga bola tarbiyasi va qishloq xo‘jaligi fanlari ham kiritiladi.

Vazir o‘rinbosari yuqori sinf o‘quvchilari uchun maktablar ochilishining kechikishiga o‘quv dasturining “mukammal ishlab chiqilayotgani”ni sabab qilib keltirgan.

Shahid Xelning qo‘shimcha qilishicha, qizlar uchun maktablarni yopish qarori nafaqat Ta’lim vazirligi, balki Islom Amirligining ta’lim jarayonini islom tamoyillari asosida tashkil etish siyosati bilan ham bog‘liq.

Vazir o‘rinbosari maktablar shariat doirasida o‘quvchi qizlar uchun qayta ochilishiga va’da berdi.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng, 2021-yil avgustidan beri o‘rta maktab o‘quvchilari uchun maktablar yopilgan. Sentabr oyida darslar faqat o‘g‘il bolalar uchun tiklandi. Keyin yangi semestrda yana qizlarga o‘qishga ruxsat berilishi xabar qilindi.

Biroq 2022-yil mart oyida oltinchi va o‘rta maktab o‘quvchilari uylariga qaytarildi. “Tolibon” islom qonunlari va mahalliy urf-odatlarga asoslangan o‘quv dasturi yaratish zarurligini bahona qilib, qizlar uchun maktab ochish haqidagi fikrini o‘zgartirdi.

Maktablarning yopilishiga javoban Jahon banki Afg‘onistondagi 600 million dollarlik to‘rtta loyihani to‘xtatgan. Shuningdek, “Tolibon” Rossiyaga afg‘onistonlik talaba qizlarga Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kvotali o‘rinlarni bermaslik talabini yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning so‘zlariga ko‘ra, qizlarning ta’lim olishini taqiqlash islom qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi, balki qo‘shni davlat rasmiylari ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilmoqda.

Pokistonning maqsadi — himoyasiz, kuchsiz va qashshoq Afg‘oniston, — deydi Karzay.
“Tolibon” yetakchiligida ayollar huquqlarini hurmat qilish bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Afg‘on ayollari jamoat joylarida burqa kiyishlari talab qilinadi va agar uydan tashqarida qiladigan muhim ishlari bo‘lmasa, uyda qolish buyuriladi. Ayollarga erkaklar egallashi mumkin bo‘lgan lavozimlarda ishlash va sport bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

Bundan tashqari, afg‘onistonlik ayollarga samolyotda uchish va jamoat transportida erkaklar hamrohligisiz sayohat qilish ham cheklangan. 2022-yil iyun oyida “Tolibon” ayollarga erkaklarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishga ruxsat bermaslik to‘g‘risida buyruq chiqardi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nga yaqin mahalliy ayollar erlariga nisbatan uydagi zo‘ravonlik bo‘yicha da’vo arizalari bilan mahalliy sudga murojaat qilgan, biroq ularning shikoyatlari ko‘rib chiqilmagan.

Mavzuga doir: Oq uy: AQSH Afg‘onistondagi amaliyotlarini davom ettiradi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi