Nishon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari 49 yoshli fuqaro o‘limiga sababchi bo‘lgani xabar berilgandi. Viloyat IIBning qo‘shimcha qilishicha, ish prokuraturaga o‘tkazilgan.
“2022-yil 30-iyul kuni soat taxminan 23:50 larda xalqaro ahamiyatdagi A-380 avtomobil yo‘lining 12-kilometri, ya’ni Qarshi tumani ‘Taxtapul’ MFY hududida haydovchi B.E. boshqaruvidagi Lacetti’da yo‘lni piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan joyidan kesib o‘tayotgan fuqaro Y.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.
Natijada piyoda Y.A. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkentda Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)