Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma’lumot berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvalida O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘rin olgan.
Shuningdek, prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi.