Xorazm viloyati Urganch shahrida xonadonida taqiqlangan o‘simlik yetishtirgan shaxs aniqlandi.
Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, taqiqlangan ekinlarni, ya’ni, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.
Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan D.H. ning yashash uyi va tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 2 tup kannabis o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, kannabis esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Izoh (0)