Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaroni aldagan internet magazindagi soxta xaridorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, B.X ismli fuqaro IIBga murojaat qilgan. Unda 2022-yilning 30-mart kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib “ОLХ” internet-do‘koni orqali sotuvga qo‘ygan mahsulotini sotib olishini aytganini bildirgan. Xaridor murojaatchiga tegishli bo‘lgan plastik kartadan jami 2,5 mln pulni firibgarlik yechib olganini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni T.A. ismli shaxs sodir etgani aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.