DSQ chek berilmagani to‘g‘risidagi shikoyat bo‘yicha o‘tkaziladigan soliq tekshiruvi haqida ma’lumot berdi
Davlat soliq qo‘mitasi agar tadbirkorga chek berilmagani haqida shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o'tkazilishi haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bunday holda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa texnikasi (NKT) qo‘llanilishi yuzasidan sayyor soliq tekshiruvi o‘tkaziladi. Jumladan quyidagilar tekshiradi:
- soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan NKT va hisob-kitob terminali tegishli qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
- xaridorlarga NKT cheki yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar berilishi.
Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni aniqlashtirishda ushbu dasturga asosan quyidagilar tekshirilishi mumkin:
- davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, faoliyat turi va joyining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;
- soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek, ushbu mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida mol-mulkka va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi.
Sayyor soliq tekshiruvi doirasida uni amalga oshirish dasturida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda 6 oyda soliq imtiyozlaridan eng ko‘p foydalangan korxonalar ma’lum qilindi
- O‘zbekistonda prezident topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan uchta vazirlik, Soliq qo‘mitasi va boshqa idoralarga 10 dan ortiq taqdimnoma kiritildi
- O‘zbekistonda turar va noturar joylarga oid mahsulot hamda xizmatlarning identifikatsiya kodlari detallashtirildi
