Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

“E-imtiyoz” axborot tizimi orqali soliq turlari, hududlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar kesimida imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida yuridik shaxslar 75 mingta holatda 24,6 trillion so‘m soliq imtiyozlaridan foydalangan. Jami imtiyozning 8,5 trillion so‘miga QQSning nol stavkasi qo‘llanilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Imtiyozlardan foydalangan korxonalarning katta qismi Toshkent shahrida – 11 286 korxona 3,2 trillion so‘m imtiyozlarga ega bo‘lgan.

Shundan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha:
  • soliq kodeksiga asosan – 22,5 trillion so‘m;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonuni, prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlarga asosan – 2,1 trillion so‘m qo‘llanilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Soliq turlari kesimida:
  • eng ko‘p qo‘llanilgan imtiyoz – QQS bo‘yicha 22,4 trillion so‘m (91,1 foiz)
  • boshqa soliq turlaridan – 2,2 trillion so‘m (8,9 foiz) miqdorida foydalanilgan.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Soliq imtiyozlaridan eng ko‘p foydalangan korxonalar top-10 taligida birinchi o‘rinni 4,3 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari bilan Navoiy kon metallurgiya zavodi egallagan. 1,8 trillion so‘m bilan Olmaliq KMK va 1,2 trillion so‘mlik imtiyozlar bilan “O‘zmilliybank” keyingi o‘rinlarni zabt etgan.

Hududlar kesimida:
  • yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi korxonalari tomonidan jami imtiyoz summasining 18 trillion so‘m qismi foydalanilgan.
  • imtiyozning qolgan 6,6 trillion so‘m qismi Respublikaning boshqa hududlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

QQSni nol stavkada qo‘llashdan tashqari eng ko‘p soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan  korxona — Grand Pharm Trade yetakchilik qilmoqda. U yanvar—iyun oylarida 308,4 milliard so‘mlik imtiyozga ega bo‘lgan. Shuningdek, “Meros Pharm” MCHJ 192,3 milliard so‘m, “Farm Lyuks Invest” 87,1 milliard so‘mlik imtiyozlardan foydalangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti