• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pampersga ketib”, “daydilikda gumon qilingan” va hojatxonada qo‘lga olingan “jinoyatchilar”. “Miranda qoidasi” muhokamasi ijtimoiy tarmoqlarda qanday aks-sado berdi?

    Shu kunlarda O‘zbekistonda konstitutsion islohotlar muhokamasi davom etmoqda. Xususan, “Miranda qoidasi”ni asosiy qonunga kiritish bo‘yicha berilgan taklif bir qator bloger va jamoatchilik faollarining munosabatlariga sabab bo‘ldi.

    Gap shundaki, “Miranda qoidasi”ga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan shaxslar sukut saqlash, aytgan har qanday narsa sudda unga qarshi ishlatilishi mumkinligi, so‘roq jarayonida o‘zi yollagan yoki davlat tomonidan taqdim etiladigan advokat ishtirokini talab etish hamda o‘z huquqlarini tushunishi haqida ogohlantirilishini talab qilishi mumkin.

    Afsuski, shu paytga qadar O‘zbekistonda shu kabi holatlarda inson huquqlari ko‘p bora buzilgan. Ayrim bloger va jamoatchilik vakillarining mazkur qoida muhokamasi fonida bir necha qiziq voqealarni yodga olishdi. Quyida ularni o‘quvchilar e’tiboriga havola etamiz.

    Bakiroo, bloger:

    “Hojatxonada ushlangan jinoyatchi”

    O‘tgan kuni bir yaqin oshnam bilan bir kilo go‘sht ustida gaplashib o‘tirib, “qora tush” ko‘rgan davrlarimizni esladik. O‘ylab qarasam, o‘sha paytlardagi ba’zi voqealar qora tushga o‘xshab ketadi rostdan. Ayniqsa, Toshkentda “melisa”lar qo‘lga tushaverishdan bezor bo‘lgan viloyatliklar haqida gaplashsangiz ham kulgili, ham yig‘latadigan voqealarni gapirib berishadi.

    Xullas, o‘sha tanishimni bir safar “formali akaxonlar” Qo‘yliqdagi mardikorlar mahallasidan ushlab ketishadi. “Hovlida turardim. Hojatxonadan chiqsam, ikkita formali melisalar turibdi, ha desam, hujjatingiz deydi. Qanaqa hujjat, ko‘rmayapsanmi qayerdan chiqqanimni, endi hojatxonagayam pasport ko‘tarib kiraymi deganimni bilaman, shimimning kamaridan ko‘tarib avtobusga tiqib opketishdi” deb eslaydi sho‘rlik. Rosa kulishdik.

    O‘zi aslida JPK 224-moddasiga ko‘ra, militsiya xodimi kimnidir to‘xtatib tekshirsa, nega to‘xtatgani, qanaqa huquqi borligi va hkzlarni tushuntirish kerak. Lekin ming afsuski, bizda bu qonunlar ishlamaydi. Yo siz ko‘rganmisiz ushlangan odamning birorta huquqi tushuntirilganini? Rahm qilsa, kamaridan ushlab ko‘taradi, rahm qilmasa, nimalar qilishini o‘zingiz bilasiz.

    Baribir shu narsalarni ana, falon qonunda bor-ku, demasdan Konstitutsiyagayam kiritib qo‘yaverish shartga o‘xshaydi. Odamlar o‘zlari taklif qilib, o‘zlari muhokama qilib, o‘zlari ovoz bergan hujjatning ishlashiniyam o‘zlari talab qilib olishlariga juda qattiq umid qilaman. Noumid shayton.

    Aziza Qurbonova, jurnalist:
    Bloger Bakirooning “Hojatxonada ushlangan jinoyatchi” postini o‘qib, o‘zimizning oilamiz bilan bo‘lgan voqealar yodga tushib ketdi.

    7—8 yilcha bo‘ldi bunga. Bir kuni turmush o‘rtog‘im soat 23:00 larda bolamizga “pampers” olib kelgani do‘konga chiqib ketdilar. 10 minut o‘tdi — yo‘qlar, yarim soat o‘tdi — yo‘qlar, ancha vaqtgacha kelavermadilar. Telefon qilay desam, zaryadga qo‘yilgan holda uyda qolgan ekan. Xavotirga tushdim. Bola bilan ko‘chaga chiqolmayman. Allamahalda jig‘ibiyronlari chiqib qaytib keldilar.

    — Tinchlikmi, nima bo‘ldi?

    — Magazin qidirib “Farhod” bozori tomon ketayotsam, reyd bo‘layotgan ekan. Ikki militsioner pasport ko‘rsating, bo‘lmasa, biz bilan uchastkaga yurasiz, shaxsingizga aniqlik kiritamiz, deydi. Nimaga, men magazinga chiqdim, yonimda pasport olib chiqmayman-ku, deb 1 soat tortishdim. Uchastkaga borib, barmoq izimni olib qolarmish — sababi noma’lum!

    Turmush o‘rtog‘im o‘z huquqini bilgani holida qancha asabbuzarlik bilan mash’um “Otayo‘l”ga chiqmay, uyga omon qaytib kelgandilar.


    Yana bir kun kechasi soat 2 da xo‘jayinimning telefonlari jiringladi. Shifokor jiyanimiz ekan.

    — Aka, tez yetib keling. Meni Chilonzordagi militsiya bo‘limiga olib kelishdi.

    Xo‘jaynim shoshib ketdilar, yaqin 2 soat ming xayolda qoldim. Keyin bilsam, jiyanimiz 16-shahar kasalxonasidan navbatchilikdan chiqib, uyga toza havoda piyoda ketayotgan ekan. Yo‘li “Shuhrat” chorrahasidan o‘tadi, trotuarda oldinda 2 qiz ketayotgan bo‘lgan, ular o‘z yo‘lida, bu o‘z yo‘lida davom etgan. Shu payt PPS paydo bo‘lib, so‘roq-savol ham qilib o‘tirmay, qizlarniyam, doktor jiyanimizniyam ushlab, reyd deb uchastkaga olib ketgan. Qizlarni “yomon qizlar”, uni esa “mijoz” deb hisoblashgan...

    Jiyanimizning “aybi” shevada gapiradi, qoramag‘izroq va kechasi bejo ko‘ringani...

    Bunday nohaqliklar har bir katta oilaning boshidan o‘tgan, menimcha.

    Bakiroo aytayotganidek, Konstitutsiyaning 25-moddasiga “Shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va ushlanish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerak”, deb o‘zgartirish kiritilyapti. Buni xalqaro amaliyotda “Miranda qoidasi” deb ham ataladi.

    Unga ko‘ra, shaxs sukut saqlash, so‘roq jarayonida advokati ishtirokini talab qilish va boshqa huquqlarga egaligi sodda tilda shaxsga ilk soniyalardayoq tushuntiriladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ko‘p muddat ushlab turilishi mumkin emas.

    Albatta, Konstitutsiyaga olamshumul o‘zgarishlar, yangiliklar kiritish mumkin, lekin uni ishlatish, huquqni talab qilish, burchni bajarish baribir yana o‘z qo‘limizda qoladi.

    Ahmadjon Yusupov, jurnalist:
    Bakiroo va Aziza Qurbonovaning yozganlarini o‘qib “melisa”lar bilan bog‘liq bir voqeani esladim.

    Yo 2009 yo 2010-yil, 3-iyul kuni edi. Sana esimda qolgani — tug‘ilgan kunim edi, yaqin oshnam (oshnam hozir juda mashhur bo‘lib ketgan, Facebook’dayam bor, tag‘in xafa bo‘lmasin deb ismini yozmayapman) bilan “Chorsu”ga bozorlik qilishga bordik. O‘sha paytlar “Chorsu” go‘sht bozori oldida sal naridagi mardikor bozoridagilarni tutib ketish uchun panjara bilan o‘ralgan avtobus turardi.

    Taksidan tushishimiz bilan melisalarga duch keldik. Ikkovmiz ham TVda ishlaymiz, tushuntirmoqchi bo‘ldim, lekin bizni birov eshitmadiyam. Shunchaki hujjat so‘radi, u yo‘qligini bilgach, sudrab oborib avtobusga tiqdi.

    Avtobus to‘la mardikor yigitlar. Ular o‘rganib ketishgan shekilli, askiya avjida. Kelinglar-kelinglar deb xuddi mehmonni kutvoganday kutvolishyapti bizni)) Rosa asabiylashyapman, jo‘ramga qarasam, u xotirjam. Ha desam, jim o‘tir, befoyda baribir deydi.

    RUVDga oborishdi. Qo‘ylarni qo‘raga qamaganday bir panjara bilan o‘ralgan joyga tiqishdi. Birin-ketin ro‘yxatga olishyapti. Bizga navbat kelganda ro‘yxatni sarlavhasini o‘qisam, “Daydilikda gumon qilinganlar ro‘yxati” deb yozilgan ekan))) Jo‘ramga ko‘rsatib, ikkovmiz bugundan boshlab jurnalist emas, daydilikda gumon qilinganlarmiz dedim))).

    Ko‘p o‘tmay kattaroq odamni topib tug‘ilgan kunim ekani, aslida daydi emas, jurnalistlar ekanimizni amallab tushuntirdik. U paytlar jurnalistlarni birov bir tiyinga olmasdi, shunday bo‘lsayam xayriyat, yo tushundi, yo rahmi keldi, ishqilib eshikdan chiqarib qo‘yib, suringlar dedi, mingga qo‘yib qochdik)

    Haligacha mavzu ochilsa, sen daydilikda gumon qilingansan deb bir-birimizni ustimizdan kulamiz))) O‘sha kunlar orqada qolgani rost bo‘lsin. Qaytib kelmasin. Agar hamma gapirayotgan “Miranda qoidasi” ishlab ketsa-ku “vapshe” dahshat bo‘ladi. Xullas, nihoyat, bulutlar orasidan bo‘lsayam quyosh ko‘rinyapti.

    Obidjon Dilmurodov, Energetika vazirligi matbuot xizmati xodimi 
    “Xudoying ham yordam berolmaydi” – tumanimiz IIB boshlig‘i Toshkent shahriga doimiy propiskaga qo‘yish haqida

    Bakiroo, Aziza Qurbonova va Ahmadjon Yusupovlarning melisalar haqida yozganlarini o‘qib men ham o‘sha paytdagi boshqa bir kaaaatta muammo haqida yozgim keldi. “Melisa”lar bilan bog‘liq voqealar ham bo‘lgan. U haqda keyinroq yozarman.

    2012 yoki 2013-yil, talabaman. Xalq tilida “Mardikor bozor” deb ataluvchi vaqtincha ish bozoriga chiqib, yuqori lavozimda ishlaydigan bir inson bilan tanishib qoldim. To‘g‘rirog‘i, bir dunyo odam ichidan meni o‘zining yumushini bitirib berish uchun olib ketgan inson bilan tanishdik. U odamning ishini (tomorqasida ishladim) bitirib berdim. Ishim ma’qul bo‘ldi shekilli, shu bilan har hafta u odamni tomorqasiga o‘zim qaraydigan bo‘ldim.

    Haqiqatan yaxshi inson edi. O‘sha paytda propiska muammo edi. U odamdan Toshkent shahriga propiskaga qo‘yishda yordam so‘radim. U odam yordam berishini, hatto o‘zining uyiga propiskaga qo‘yib berishini aytdi. Buning uchun viloyatdan propiskadan chiqarib kelishimni, keyin Toshkentga propiska qilish mumkinligini aytdi.

    Shu maqsadda viloyatga bordim. Tuman IIB boshlig‘iga kirdim va unga nega kelganimni aytdim. Doimiy yashash joyimdan ro‘yxatdan chiqarib berishini, Toshkent shahriga propiskaga qo‘yishimni aytdim. Shunda u birdan men uchun dahshatli gap gapirdi: “Toshkentga Xudoying ham propiskaga qo‘yib berolmaydi”, deya do‘q qildi. Astag‘firulloh! Unaqa demang, dedim. U yana o‘sha gapni qaytardi.

    Propiskadan chiqarib bering, Toshkentga propiska qilaman, dedim. Propiskadan chiqarib berdi. Shu orada Toshkentdagi tanishim chet elga ketdi va mening ishimni qizi hal qilib berishini aytdi. Lekin negadir qizi hal qilib berolmadi. Shu-shu propiska qoldi.

    Va nihoyat 2019-yil oxirida propiskaga qo‘ydik. Ming shukrki, hozir propiska qilish muammo emas, yana bir quvonarlisi, ishga kirish uchun propiska umuman so‘ralmayapti ham. Mana, bo‘larkan-ku, shu oting o‘chgani rost bo‘lsin, propiskasiz ham ishlab yursa bo‘larkan-ku.

    O‘zi bir o‘ylab qaralsa, propiska muammo bo‘lgan davrdan ko‘ra, propiska yechilgan davrning rivojlanishida yer bilan osmoncha farq bor. Demakki, biz to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz.

    04.08.2022, 22:00   Izoh (0)   11414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari uchun birinchi tibbiy yordam berish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi

    04.08.2022, 21:57

    Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi mansabdorlari juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

    04.08.2022, 21:21

    “Bu yer adi-badi aytishib o‘tiradigan auditoriya emas”. Senatda Antikorrupsiya agentligi direktori va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi

    04.08.2022, 21:09

    “O‘zbekneftgaz”: “Nihol” oromgohi 2022-yil yoz muvsumi iyul oyining “Eng yaxshi oromgohi” deb topildi

    04.08.2022, 20:30

    “Vazir qayerda? 5 oydan buyon qabuliga kirolmayapmiz”. Fuqarolar Madaniyat vazirligi eshigi oldida sarson, mutasaddilar esa jim

    04.08.2022, 20:23

    Jizzaxda 50 yoshli ayol erini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

    04.08.2022, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyo bo‘ylab 316 mln kishi giyohvand moddalar iste’mol qiladi — BMT

    Dunyo | 27 iyun, 08:31

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Yuventus” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 27 iyun, 07:49

    Toshkentda 13 yoshli bola 3 yashar ukasini sho‘xligi uchun OLX’da sotuvga qo‘ydi (foto)

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:45

    Toshkentda uyida 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlayotgan fuqaro ushlandi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 26 iyun, 23:01

    Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:45

    Markaziy Afrikada transformator portlashi oqibatida 29 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:22

    Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlanishi oqibatida qariyb yarim mlrd so‘m zarar yetkazildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.