Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQSH mamlakat Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi atrofida yuzaga kelgan shov-shuv orqali jamoatchilik diqqatini ichki muammolardan va Ukrainadagi vaziyatdan chalg‘itmoqchi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Nensi Pelosi (o‘rtada)

Nensi Pelosi (o‘rtada)
Foto: Getty Images

“Bu AQSHning o‘zi Ukraina atrofida o‘z qo‘llari bilan yaratgan mutlaq halokat, bu borada Yevropa yo‘nalishidagi barcha narsaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi… Boshi berk ko‘chaga kirib qolish bilan bog‘liq vaziyat axborot paradigmasini keskin o‘zgartirishni talab qildi, Pelosi esa shuni amalga oshirdi”, — dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘layotgan voqealar Amerika ma’muriyati boshqa mamlakatlar bilan hisoblashmasligini tasdiqlaydi. Vashington o‘z obro‘sining qoldiqlarini qurbon qilib, spikerning tashrifini uyushtirdi, deya qo‘shib qo‘ydi Zaxarova.

“Lahzalik foyda uchun, oniy konyunktura uchun, ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan mana shu ichki va tashqi piar uchun ular hamma narsani, shu jumladan o‘z obro‘sining qoldiqlarini qurbon qilishga tayyor… Bu yovvoyilarcha aksiya hozir nima uchun kerak bo‘lib qoldi? Buni siyosiy konyunktura talab qiladi”, — dedi diplomat.

2-avgust kuni Tayvanga AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyo turnesi doirasida yetib keldi; tashrif Xitoy rahbariyati tomonidan keskin tanqidga sabab bo‘ldi, uni provokatsiya deb atashdi. Oq uy esa Pelosining tashrifi AQSHning Xitoyga nisbatan siyosatida qandaydir o‘zgarish bo‘lganini anglatmasligiga ishontirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)