Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Iyul oyida Fransiya rekord darajadagi qurg‘oqchilikni boshdan kechirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Jazirama Yevropa bo‘ylab tarqalib, asosiy ekinlarga zo‘riqish keltirdi.

Sinoptik Meteo France’ga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 8,1 millimetrni tashkil etgan. Bu 1961-yil martidan beri eng quruq oy hisoblanadi.

Brittani, Auvergne va Korsikada yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kamida 95 foiz kam edi.

Jazirama harorat va quruqlik Fransiyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi o‘rmon yong‘inlariga sabab bo‘ldi va mamlakat dehqon xo‘jaliklariga zarba berib, makkajo‘xori dalalarining asosiy gullash davriga to‘sqinlik qildi.

Fransiya bu hafta yangi issiqlik to‘lqiniga duch kelmoqda, mamlakat janubida harorat taxminan 40 daraja Selsiygacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Angliyada 1935 yildan beri eng quruq iyul oyi bo‘ldi, rekord haroratlar London yaqinida yong‘inlarni keltirib chiqardi, temiryo‘l va reyslarni bekor qildi va elektr stansiyalarini haddan tashqari issiqlikning oldini olish uchun ish grafigini o‘zgartirishga majbur qildi.

Avvalroq Fransiyada anomal issiqlik sabab AES reaktorlarini sovitish imkoni bo‘lmayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti