Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1-avgust kuni Ukraina doni ortilgan birinchi kema Odessa portini tark etdi. “Ukrpochta” bosh direktori Igor Smilyanskiyning aytishicha, kompaniya Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda faoliyatini yakunlamoqda: bu, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari hamda DXR va LXR jangchilari tomonidan kompaniya xodimlariga nisbatan tahdidlar soni ortib borayotgani bilan bog‘liq. Energetika inqirozi o‘sishidan xavotirlar tufayli Buyuk Britaniya va YI Rossiya neftini dengizda tashishni sug‘urtalashga qo‘yilgan taqiqini yengillashtirdi. Rossiya sudlari Ukraina fuqarolarini deportatsiya qilish bo‘yicha qarorlarni “ularni ijro etish imkoniyati yo‘qligi sabab” bekor qila boshladi. Meduza urushning 159- kuniga oid asosiy fotosuratlarini taqdim etdi.

Nikolayev

O‘t o‘chiruvchi tez yordam bo‘limi binosidagi yong‘inni o‘chirmoqda, u yerga rus snaryadlari tushgan. 1-avgustga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shaharga hujum qilib, shifoxonalardan birining travmatologiya punkti va xususiy uylarga zarar yetkazdi.

Foto: Reuters

Mariupol

Mariupollik keksa kishi vayron bo‘lgan bino yonidan o‘tmoqda. May oyining oxirida Rossiya Mudofaa vazirligi shahar to‘liq egallab olinganini ma’lum qilgandi.

Foto: AFP

Xarkov viloyati

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati sapyorlari Xarkovdagi Merefyanskiy shisha zavodi hududidagi o‘rani ko‘zdan kechirmoqda, zavod sexlari Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgan. Ukraina matbuoti Merefa shahrida joylashgan ushbu zavod bir necha yildan beri ishlamayotgani haqida yozdi. Uning o‘qqa tutilishi oqibatida bir qo‘riqchi tan jarohati olgan. Rossiya OAVlarining ta’kidlashicha, “Azov” polkining Xarkov maxsus bo‘linmasi — “Kraken” zavoddan baza sifatida foydalangan.

Merefadagi vayron qilingan shisha zavodi. Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Izyum shahridan shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tomonga quruqlik hujumlarini qayta boshlagan. Bu mintaqaning g‘arbiy qismiga yoki Xarkov tomon hujum operatsiyalari uchun zamin yaratayotgan bo‘lishi mumkin.

Foto: EPA

Donbass shimoli

Donetsk viloyati Bahmutskiy tumani Opitnoye qishlog‘ida tez tibbiy yordam xodimi otishma paytida yaralangan fuqaroning jarohatini bog‘lamoqda. Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Donetsk yo‘nalishida Rossiya harbiy kuchlarining sa’y-harakatlari Bahmut va Avdeyevka yo‘nalishlarida hujum uyushtirishga qaratilgan.

Foto: Anadolu

Opitnoye qishlog‘i aholisi otishmalar oqibatida yonib ketgan uylariga qarab turibdi.

Ot o‘chiruvchi otishmalardan keyingi yong‘inni o‘chirib bo‘lgach, dam olmoqda.

Opitnoyedagi yong‘inlarni o‘chirish jarayoni

Opitnoye posyolkasida yashovchi erkak yonib ketgan uyida.

Odessa

Urush boshlangandan buyon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ortilgan birinchi kema 1-avgust kuni ertalab Odessa portini tark etdi. Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Syerra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan Razoni quruq yuk kemasi Livanga makkajo‘xori olib ketmoqda.

Mavzuga doir: Bahmut va Nikolayevda otishmadan keyingi yong‘inlar. Donetsk ko‘chalariga sochilgan “gulbarg” minalar. Urushning 158-kunidan fotoreportaj

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi