Xitoyning “Lyaonin” va “Shandun” aviatashuvchi kemalari AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifi oldidan o‘z portlarini tark etib, dengizga chiqdi. Bu haqda China Times yozmoqda.
Shuningdek, Reuters xabar berishicha, Xitoy jangovar samolyotlari Tayvanni Xitoy materigidan ajratib turuvchi chegara chizig‘i bo‘ylab ochiqdan ochiq uchmoqda. 1-avgustdan buyon u yerda bir qancha Xitoy harbiy kemalari joylashtirilgan.
1-avgust kuni AQSH “Ronald Reygan” aviatashuvchisi va boshqa bir nechta desant kemalarini Tayvan hududiga o‘tkazdi.
Pelosining Tayvanga borish niyati hali rasman tasdiqlanmagan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, u orolga 2-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 atrofida yetib kelishi mumkin. Ushbu xabar berilayotgan vaqtda Pelosining samolyoti Kuala-Lumpurdan ko‘tarilgan, u aynan qayerga ketayotgani hozircha noma’lum.
Mavzuga doir: Xitoy Pelosi Tayvanga tashrif buyursa, AQSH bilan aloqalar buzilishi haqida ogohlantirdi
Izoh (0)