Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati Chust tumanidagi 64-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2022-yil 1-avgust kuni tilini chaynab yuborgan 5 yoshli vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Dastlabki o‘rganish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, MTT hamshirasi, tarbiyachi, yordamchi tarbiyachining so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilda tug‘ilgan A.Sh. joriy yilning 1-avgust kuni ertalab MTTga qabul qilingan. Ta’limiy faoliyatga yaxshi qatnashgan. Kun tartibiga ko‘ra tushlik qilgan va gigiyena qoidalariga amal qilgach, barcha tarbiyalanuvchilar qatori uxlashga yotgan.

Tarbiyachi uyqudan uyg‘onish vaqti bo‘lganda avval qiz bolalarni, so‘ngra o‘g‘il bolalarni hojatga olib chiqish uchun uyqudan uyg‘otgan. Lekin bola boshini ko‘targan va yana yotib olgan. Qizlarni hojatdan olib kelib, A.Sh.ni uyg‘otgan. Shunda bola tilini chaynab yuborganini ko‘rgan va zudlik bilan hamshiraning oldiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun ko‘tarib olib chiqqan.

MTT hamshirasi bolaga birinchi tibbiy yordamni qilib, zaruriy muolajalarni amalga oshirgan va tez tibbiy yordamga xabar bergan. Tibbiyot xodimlarining harakatlariga qaramay, bola vafot etgan. O‘lim haqidagi ma’lumotnomaga asosan J22 quyi nafas yo‘llarining aniqlanmagan o‘tkir respirator infeksiyasi; J81 o‘pka shishishi o‘lim sababi etib ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan 2-avgust kuni viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tezkor guruhi tomonidan dastlabki o‘rganish o‘tkazilgan hamda tegishli ma’lumotlar va hujjatlar to‘plangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov ishlari amalga oshmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi