“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu qachon APL o‘yinlariga tayyor bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Ayni vaqtda bu savolga javob bera olmayman. Hozirda u ‘Manchester Yunayted’ning boshqa o‘yinchilari darajasida emasligi aniq. Chunki juda ko‘p haftani o‘tkazib yubordi. Unga o‘yinlar va ko‘p mashg‘ulot kerak”, — deydi ten Hag.
Ronaldu kelajagi borasidagi noaniqlik sabab ingliz klubining mavsumoldi yig‘iniga o‘z vaqtida tashrif buyurmagandi. Avvalroq Krishtianu “Manchester Yunayted”ning 31-iyul kuni “Rayo Valyekano”ga qarshi kechadigan o‘yinida maydonga tushishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)