Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rinat Axmetovning boyligi yil boshidan buyon 64 foizga kamaydi, biroq u hamon Ukrainadagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Axmetov yil boshidan beri metallurgiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va ommaviy axborot vositalarining bir qismisiz qoldi. 

Buning oqibatida uning kapitali ikki baravarga qisqardi — 13,7 milliarddan 4,9 milliard dollargacha. 

Tadbirkorning asosiy biznesi — “Metinvest” kompaniyasi o‘z qiymatining uchdan ikki qismini yo‘qotdi.

U ikkita asosiy korxona — Azovstal va Mariupol Ilyich temir-po‘lat zavodidan ayrildi. O‘tgan yili ular jami 8,6 million tonna po‘lat ishlab chiqargan edi (Ukraina metallurgiya ishlab chiqarishining 40 foizi). 

Ayni paytda, Axmetovning SCM Group kompaniyasi Rossiyaga qarshi da’vo arizasi berishga qaror qildi. Milliarder Ukraina barcha tovon pullarini to‘liq talab qilishi va ularni olishiga ishonch bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi