• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Tug‘ilishidan oldin otasini yo‘qotgan, uzoq vaqt hayotda o‘zini qidirgan va 44 yoshida mashhurlikka erishgan Bollivud yulduzi Boman Iranining hayot va ijod yo‘li haqida (foto)

    Bugungi kunda Boman Irani Bollivuddagi eng ko‘p daromad topuvchi aktyorlar qatoriga kiritilgan. Hozir 62 yoshda bo‘lgan aktyor “Don” filmidagi salbiy rollarni mahorat bilan ijro etibgina qolmay, komediya yo‘nalishida ham yaxshi ijod qilgan. Ajablanarlisi, Irani hech qachon aktyor bo‘lishni rejalashtirmagan. U ulg‘ayganida birgina orzusini amalga oshirish — onasi va opa-singillariga hech narsaga muhtoj qilmaslik uchun harakat qilgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Otam men tug‘ilishimdan oldin, 28 yoshida buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. Onam homiladorlikning uchinchi oyida edi. Otamning kichik bir novvoyxonasi bor edi, uning vafotidan keyin onam bu biznesni yuritish bo‘yicha barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Opa-singillarim maktabga borishardi va men juda kichkina edim, shuning uchun onam ishga ketayotganda meni ruhoniyning xotini oldida qoldirishga majbur bo‘lgan”, — deydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Bolaligimda men uning uchun qanchalik og‘ir bo‘lganini, qanday kurashganimni va uchta singlimning yolg‘iz qolganini ko‘rganman. Maktabda nutq va uni o‘rganishda muammolarim bor edi, juda yomon o‘qirdim. Nutqimni yaxshilash uchun onamga meni qo‘shiq aytishga yuborishni maslahat berishdi. Bir kuni onam mening sahnada qanday chiqishimni ko‘rish uchun keldi. Oxirida u menga chalinayotgan qarsaklarni yozib oldi. Men odamlarning qarsak chalayotganini tingladim va bu menga ishonch bag‘ishladi” , — deydi Boman Irani.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Men teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqib qoldim, fotografiyani yaxshi ko‘rardim. Kollejni tugatgach, oilamga yordam berishni boshlashim kerakligini bilardim, lekin qanday uddalashni bilmasdim. Men “Taj” mehmonxonasi menejeriga borib, tomdagi restoranda ishlamoqchi ekanimni aytdim. U esa menga ‘Yuqoriga erishish uchun pastdan boshlash kerak’, — dedi va meni xona xizmatiga ishga yubordi. Bir yarim yildan keyin men restoranda ofitsiant bo‘ldim”, — deydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Oradan ko‘p o‘tmay, onam baxtsiz hodisaga uchradi, men ishdan bo‘shab, oilaviy biznesimizni yurita boshladim. Shunday qilib oradan 14 yil o‘tdi. Men ota-onamning ishlarini boshqardim, turmush qurdim va hatto ikkita o‘g‘il farzandning otasi bo‘ldim. Biroq men o‘zimga yoqadigan ishni qilmayotganimni, hayotimda nimadir noto‘g‘ri ekanini his qildim. Turmush o‘rtog‘im Zenobiya menga bu ishni to‘xtashim kerakligini, nima yoqishini o‘ylab ko‘rishim kerakligini aytdi”, — deydi Bollivud yulduzi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Men suratga olishni yaxshi ko‘rardim, otam ham fotograf edi. Shuning uchun men bu sohada o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Avvaliga ish yo‘q edi, lekin men sabr qildim va nihoyat muvaffaqiyatga erisha boshladim. O‘shanda bir do‘stim mendan reklama roligida ishtirok etishimni so‘radi. Harakat qildim va ular meni tanladi. Ular menga katta maosh ham berishdi”, — deydi Boman Irani.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Men reklama roliklarini suratga olishga qaror qildim, bir necha yil ichida 180 dan ortiq reklama roliklarini suratga oldim va hattoki mashhur spektakllarda ham rol o‘ynadim. Meni ham qisqa metrajli filmga taklif qilishdi. Bu kichik budjetdagi va qo‘l kamerasi bilan suratga olinadigan film bo‘lsa ham men uchun bu ajoyib imkoniyat edi”, — deydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Mening hayotim Vidhuning studiyasida filmni montaj qilayotganda va bu filmdan olingan parchani Vinod Chopra ko‘rganidan keyin tubdan o‘zgardi. U men bilan bog‘lanib, uchrashishni taklif qildi. Ko‘rishganimizda u menga 200 ming rupiylik chek berib, ‘Bu mablag‘ keyingi filmimda suratga tushishing uchun’, — dedi. Men undan kino haqida so‘radim, lekin u hali bu haqda bilmasligini aytdi. U shunchaki mashhur bo‘lishimni xohlamadi va loyiha qachon suratga olinishini ham aytmadi”, — deydi Boman Ironi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Aynan o‘sha paytda ‘Munnaboy: Baxt sotuvchisi’ filmi suratga tushdim. Shunday qilib, 44 yoshda mening orzumdagi karyera boshlandi. Bu mening hayotimda kutilmagan narsa edi, men o‘zimga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalandim va uni qo‘ldan boy bermadim. Bu ko‘tarilish va pasayishlarga to‘la ajoyib sayohat bo‘ldi. Men tushungan yagona narsa shuki, inson hech qachon hayotdan umidini uzmasligi kerak va eng muhimi, qayta boshlash uchun hech qachon kech emasligini bilishi kerak”, — deydi Bollivud aktyori.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Men aktyorlik faoliyatimni 44 yoshimda, ssenariy yozishni 55 yoshimda boshlaganman, 62 yoshimda esa rejissor bo‘ldim. Yoshning sizning ehtirosingizga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki vaqt jadvalining har bir qismi — hayotingiz”, — deydi Boman.

    Boman Irani Bollivudga kirib kelgunga qadar fotograf sifatida tanilgan. Teatr va reklama sohasidagi tajriba unga katta yordam berdi. Uning kino olamdagi debyuti 2001-yilda suratga olingan ‘Hamma yaxshiman deydi’ filmi bo‘lgan. Aktyor 2003-yilda ‘Hech narsadan qo‘rqmang’ filmida epizod, biroq ta’sirli rol o‘ynadi va bu muxlislarning e’tiborini tortdi. Shundan keyin u ‘Munnaboy: Baxt sotuvchisi’, ‘Men yoningdaman’, ‘Uch savdoyi’, ‘Vir va Zara’, ‘Yaqin do‘stlar’, ‘Blef ustasi’ va boshqa kinofilmlarda suratga tushdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Bomanning o‘zining eng yaxshi rolini 2009-yilda namoyish etilgan “Quduq qazing, dada!” filmidagi roli deb biladi, biroq film muxlislarning e’tiboriga tushmadi. “Ushbu rol tomoshabinlarning mehriga sazovor bo‘lmadi, lekin hammasi joyida. Men hech qachon hech narsadan afsuslanmayman. Har bir filmning o‘z taqdiri bor. Bir marta Rishi Kapur menga shunday degan edi: ‘Uring, lekin boshingizga tegmasin, muvaffaqiyatsizliklar esa yuragingizga tegmasin. O‘zingizni qayta kashf qiling’. Men ham shunga harakat qilyapman”, — deydi aktyor.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime
    30.07.2022, 10:02   Izoh (0)   19081
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Hijobini yechgani uchun tanqid qilinayotgan aktrisa, mashinasiga qimmatbaho raqam taqqan Munisa Rizayeva, Toshkentda konsert bergan Lola

    29.07.2022, 22:21

    Feruza Sobitova turmushi buzilishiga aktrisaligi sabab bo’lgani hamda san’atni tark etayotgani haqida (video)

    29.07.2022, 19:32

    Ukrain, rus, qozoq va eroniy — o‘zga millat vakili bo‘lsa-da, sof o‘zbek tilida ijod qilayotgan mashhurlar (foto)

    29.07.2022, 16:54

    Mashhur rollari bilan e’tibor qozongan va keyinchalik ko‘rinmay ketgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.07.2022, 14:50

    Sotuvchi, bloger, kotiba: mashhur malikalar shahzodalar bilan turmush qurmasdan oldin qaysi kasb egasi bo‘lgan?

    29.07.2022, 13:48

    San’atkorlarning mashhur stilistlari: ularning xizmat haqi qancha?

    29.07.2022, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.