SHHTga a’zo davlatlar o‘zaro savdolarda dollardan voz kechish ustida ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy kordinatori Rahmatillo Nurimbetov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Bugun, 29-iyul kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida tashkilot rasmiy vakili Rahmatillo Nurimbetov jurnalistlarga intervyu berdi. Xususan, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdolarda dollardan voz kechish istagi qay darajada ekani so‘raldi. Mutaxassis bu masalada hali bir qarorga kelinmaganini aytdi.
“Milliy valyutalar orqali savdoga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi bugungi kunda yuzaga kelgan emas. Bu mavzu ayrim davlatlar tomonidan bir necha yildan beri ko‘tarilib kelinmoqda. Hozircha mazkur masalada yakuniy to‘xtamga kelinmagan. SHHTda bu bo‘yicha maxsus reja ustida ish olib borilmoqda. Buni ishchi dastur desak bo‘ladi. Ushbu dastur tomonlar va espertlar o‘rtasida muhokama qilinda davom etmoqda”, – dedi tashkilot rasmiysi.
Avvalroq Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi boshlangani maxlum qilingandi.
Mavzuga doir:
- “SHHT tuzilganda g‘arb ekspertlari uni NATOga qarshi siyosiy blokka aylanishidan xavotirlangan”. Dunyo aholisining yarmini birlashtirgan SHHT haqida suhbat
- Ishtirokchi davlatlar, kun tartibidagi masalalar va tashkil etilgan sharoit. Toshkentda ShHT tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi qanday o‘tishi aytildi
Izoh (0)