Professional boksning birinchi yengil vazn toifasida (-58,9 kg) faoliyat olib borayotgan Elnur Abduraimov (10-0, 9 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 29-iyul tongida o‘tkazdi.
AQSHning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Elnurga meksikalik Leonel Moreno (11-2-1, 9 KO) raqib bo‘ldi. O‘zbekistonlik bokschi birinchi raunddayoq raqibining tanasiga kuchli zarba yo‘llagan holda Morenoni nokautga uchratdi.
Bu g‘alaba orqali Abduraimov IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Elnur professional boksdagi ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)