“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde “Barselona”ga o‘tdi.
Kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi.
Jyul tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” Fransiya terma jamoasi himoyachisi uchun 50 million yevro va yana 5 million bonus sifatida to‘lab berishi xabar qilingandi.
Kunde kataloniyaliklar safida yiliga 6 million yevro maosh oladi va u bilan 5 yillik bitim imzolangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)