Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida “Jihodchilar” terroristik oqimi a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.
Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1998-yilda tug‘ilgan M.M. (Yangiyo‘l tumani) Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi shaxslarning “jihod” va “hijrat”ga da’vat qiluvchi ma’ruza va videoroliklar tarqatib kelayotgani aniqlangan.
Shuningdek, ushbu tumanda yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. 2018-2020-yillarda Turkiya davlatiga borib, u yerda “Tavhid va jihod” terroristik tashkilotining “Tavhid va Sunnat” nomli madrasasida diniy ta’lim olib, yashash manziliga qaytib kelgan va Telegram orqali ekstremistik va terroristik oqim g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)