Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin.
26-iyul kuni portugaliyalik hujumchi agenti Jorje Mendesh bilan birgalikda o‘z kelajagini muhokama qilish uchun ingliz klubi bazasiga tashrif buyurdi. Mankunianliklar bosh murabbiyi portugaliyalikni jamoani tark etmaslikka ko‘ndirishni istagandi.
Biroq The Times’ning xabar berishicha, klub futbolchini ishontira olmagan. Ronaldu muzokaralarda o‘z pozitsiyasida qat’iy turib olgan. U yangi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmoqchi.
“Manchester Yunayted” hujumchining klubni tark etish haqidagi iltimosiga xayrixohlik bildirdi va uning vakillariga Yevropa top-kublari variantlarini ko‘rib chiqishga ruxsat berdi.
Shu bilan birga “qizil iblislar” hamon futbolchi klubda qolib, ten Hag qo‘l ostida jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanishiga umid qilmoqda.
Avvalroq Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Manchester Yunayted” rahbariyatidan mijozi bilan yangi shartnoma imzolashni va keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etishi uchun uni boshqa klubga ijaraga berib yuborishni so‘ragani xabar qilingandi.
Izoh (0)