Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Lotin Amerikasi terma jamoalari bilan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqida O‘FA matuot xizmati ma’lum qildi.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvay, Argentina va Braziliya U-20 terma jamoalari bilan birgalikda xalqaro turnirda ishtirok etadi.
O‘yinlar 6, 8 va 10-sentabr kunlari Urugvayning Maldonado shahrida joylashgan “Domingo Burgenyo Migel” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)