Toshkent metropolitenida 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, jami 256 ta yo‘lovchi tashiydigan harakatdagi tarkib (vagonlar) mavjud. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Solishtirilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 40 taga (18,5 foizga) oshgan.
Avvalroq Toshkentda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga avtobus yo‘nalishlari ochilib, metro bilan bog‘lanishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda yerusti halqa metrosining oxirgi bekatlari o‘rtasida bepul elektrobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.
Izoh (0)