“Spartak” futbolchisi Oston O‘runovga Eronning “Istiqlol” klubi qiziqish bildirmoqda.
Ammo Eron klubi 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga “Spartak” to‘laydigan maoshni to‘lash qobiliyatiga ega emas.
Metaratings xabariga ko‘ra, O‘runov Moskva klubida yiliga 600 ming yevro maosh oladi va u maoshi qisqarishiga rozi bo‘lmayapti.
Ostonning “qizil-oqlar” bilan shartnomasi 2025-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan. “Spartak” futbolchini ijaraga berishni emas, sotib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.
Avvalroq O‘runovga “Torpedo”, “Ximki” va “Navbahor” klublaridan taklif borligi xabar qilingandi.
Oston o‘tgan mavsumni “Ufa”da ijarada o‘tkazdi.
Izoh (0)