Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soatida” Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Moliya vazirligi bilan birgalikda yoshga doir pensiyani murojaatsiz tayinlash tizimi yaratilayotganini ma’lum qildi.
Ya’ni fuqaro uzoq yil mehnat qilib, pensiya yoshiga yetganda davlat avtomatik unga pensiya tayinlashi kerak. Fuqaroning o‘zi ariza berib, bir dunyo hujjat to‘plab, haqligini isbotlayman, deb sarson bo‘lib yurmasligi kerak.
“Har qanday noaniqliklar pensiya oluvchining foydasiga talqin qilinishi kerak”, — dedi vazir.
Ushbu tizim taxminan bir yil ichida ishga tushadi.
Shuningdek, Ruslanbek Davletov o‘z nutqida nikohni qayd etish vakolatini nafaqat FHDY, balki notariuslarga ham berish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)