Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriya Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzmoqda. Bu haqda Suriyaning SANA davlat axborot agentligi tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar bermoqda. Ushbu qadam Kiyevning Suriya bilan munosabatlarini uzishiga javob bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Suriya Arab respublikasi Ukraina rasmiylarining bu boradagi qaroriga javoban Ukraina bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi”, — dedi agentlikka Suriya TIV vakili.

Uning ta’kidlashicha, “Ukraina aslida 2018-yilda Suriya bilan aloqalarini uzgan”. O‘shanda mamlakat rasmiylari suriyalik diplomatlarning vizalarini uzaytirishdan bosh tortgan, shu sababli Kiyevdagi elchixona ishi to‘xtatilgan.

30-iyun kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Suriya rasmiylari Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligi va suverenitetini rasman tan olganidan so‘ng, mamlakat Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi