Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Usmon Dembele “Barselona”da qoladigan bo‘ldi Bu haqida kataloniyaliklar rasmiy sayti ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Erkin agentga aylangan fransuz “ko‘k-anorranglilar” bilan 2024-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq erkin agent maqomidagi futbolchining maoshi yangi shartnomaga ko‘ra 40 foizga kamayishi xabar qilingandi.

Dembele 2017-yilda “Barselona”ga kelib qo‘shilgan edi. 5 yil mobaynida Usmon 150 ta o‘yinda ishtirok etib, 32 ta gol va 34 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kataloniyaliklar bilan vinger ikki marta Ispaniya chempionligi va Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi, bir marta mamlakat Kubogida zafar quchdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?