Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask Twitter soxta akkauntlar va spam-botlar haqida ma’lumot taqdim etmagani uchun, uni sotib olish haqidagi bitimdan voz kechdi. Bu haqda Reuters milliarderning advokatiga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Twitter spam-akkauntlar va qalbaki hisob yozuvlari haqida ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha “ko‘psonli so‘rovlarga javob bera olmadi yoki javob berishdan bosh tortdi”, deya ma’lum qildi Maskning vakillari. Ular Twitter’ni Tesla va SpaceX rahbari bilan kelishuvning bir nechta nizomlarini buzishda aybladi.

Twitter aksiyalari savdolar chog‘ida 7 foizga tushib ketdi.

Twitter direktorlar kengashi raisi Bret Teylor ijtimoiy tarmoq sudga da’vo berishini ma’lum qildi.

Bitim shartlariga muvofiq, agar oldi-sotdi amalga oshmasa, Mask 1 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Dunyoning eng boy odami (uning boyligi Forbes ma’lumotlari bo‘yicha 2022-yil apreli holatiga 219 milliard dollarni tashkil qiladi) Mask aprel oyida ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olmoqchi edi. Ammo keyinroq soxta va spam-akkauntlar Twitter umumiy foydalanuvchilari sonining 5 foizdan kamrog‘ini tashkil etishi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanguniga qadar olti-sotdi bitimini to‘xtatib qo‘ydi.

Milliarder va Twitter o‘rtasidagi bitim jiddiy xavf ostida turgani haqida 7-iyul kuni The Washington Post manbalariga tayanib ma’lum qilgan edi. Maskning vakillari Twitter’ning soxta va spam-akkauntlar haqidagi ma’lumotlarini tekshirib bo‘lmaydi, Twitter’ning biznes sifatidagi istiqbollarini baholash uchun axborot esa yetarli emas, degan xulosaga kelgan.

Aprel boshida Mask dastlab Twitter’ning 9,2 foiz ulushini sotib oldi va eng yirik aksiyadorlardan biriga aylandi, keyinroq esa ijtimoiy tarmoqni sotib olish niyatini ma’lum qildi va bitta aksiya uchun 54,20 dollardan taklif qildi.

Reuters agentligi Twitter’ning 2-maydagi hisobotiga tayanib, qalbaki akkauntlar va spam-botlar kundalik faol foydalanuvchilarning ko‘pi bilan 5 foizini tashkil etishini ma’lum qilgandi.

Biroq tadbirkor buni o‘zi tekshirib ko‘rishga qaror qildi. 100 ta tasodifiy hisob yozuvlarini tanlab olib, u feyk akkauntlar barcha foydalanuvchilarning kamida 20 foizini tashkil etadi, degan xulosaga keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi