Daryo

Twitter har kuni 1 milliondan ortiq akkauntlarni o‘chirmoqda

Ilon Mask botlar soni 5 foizdan kam bo‘lmaguncha Twitter’ni sotib olmasligini aytgan edi

1 daqiqa o‘qish25 493 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Twitter har kuni 1 milliondan ortiq akkauntlarni o‘chirib tashlamoqda. Bu haqda kompaniya hisobotiga tayanib, “RBK” xabar berdi. 

Foto: Bloomberg

Hisobot milliarder Ilon Mask agar kompaniya spam-botlar ijtimoiy tarmoq umumiy foydalanuvchilarining 5 foizdan kamrog‘ini tashkil etishini isbotlamasa, Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilganidan keyin e’lon qilindi.

Ilon Mask Twitter’ni aprel oyi oxirida sotib olishga rozi bo‘ldi. Kelishuv 44 mlrd dollarga baholandi. 

Dastavval milliarder banklardan 25,5 mlrd dollar qarz olib, yana 21 mlrd dollarni o‘z pulidan to‘lashni rejalashtirgan. 

13-may kuni u ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar sonini tekshirish zarurati tufayli bitim to‘xtatilganini ma’lum qildi. 

Keyinchalik Ilon Mask botlar soni 5 foizdan kam bo‘lmaguncha Twitter’ni sotib olmasligini aytdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar