Daryo

Ilon Mask Twitter’ni sotib olish uchun bir necha milliardga Tesla aksiyalarini sotdi

29-aprel kuni ertalab milliarderning real vaqtdagi boyligi 246,2 milliard dollar va u hali ham dunyodagi eng boy odam hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish21 301 ko‘rishlar0 izoh0

Tesla asoschisi Ilon Mask shu hafta o‘zining elektr avtomobil kompaniyasining 4,4 million dona aksiyasini deyarli 4 milliard dollarga sotdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: “Chinanews.com”

U 28-aprel kuni ijtimoiy tarmoqda Tesla aksiyalarini boshqa sotishni rejalashtirmayotganini e’lon qildi.

Ikki kun ichida Mask avtomobil kompaniyasining 4,4 million dona aksiyasini sotgan.

26-aprelda aksiyalar narxi 12 foizga arzonlashgan, biroq 27-aprel, chorshanba kuni bir foizga ko‘tarilgan.

Bu ma’lumotlar oshkor bo‘lgach, Mask 28-aprel, payshanba kuni kechqurun Twitter’da Tesla aksiyalarini boshqa sotishni rejalashtirmayotganini yozdi. Maskning boyligining katta qismi uning Tesla kompaniyasidagi ulushiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyada uning ulushi — 21 foiz.

Ilon Maskning boyligi hafta boshida Twitter’ni sotib olishga rozi bo‘lganidan keyin bir kun ichida 29 milliard dollarga qisqargan. Bunga Tesla aksiyalari narxining tushib ketishi sabab bo‘ldi.

Avvalroq Ilon Mask Twitter uchun naqd pulni qayerdan olmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar