Surxondaryo viloyatiga Afg‘oniston tomondan uchirilgan 5 ta snaryad quladi, deya xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
2022-yil 5-iyul kuni taxminan soat 16:20da O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda Afg‘oniston hududidan uchib ketganligi taxmin qilinayotgan beshta snaryad qulagani qayd etildi.
Qayd etish joizki, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan, buning natijasida inson qurbonlari va vayronagarchiliklar kuzatilmagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor birligi tomonidan zararsizlantirildi.
Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Izoh (0)