• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bunday massaj og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin” — mutaxassis kichik bolani jismoniy og‘ritib massaj qilinayotgani aks etgan videolavha bo‘yicha izoh berdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda kichik yoshli bolani jismoniy og‘ritib, tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. “Daryo” nashri mazkur holat yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassisidan izoh oldi.

    Markazning Bolalar ortopediyasi bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Ahrorbek Jo‘rayevning ta’kidlashicha, videoda aks etgan massaj davolash standartlariga mutlaqo javob bermaydi

    “Biz bolalar ortopediya sohasida fizioterapiya muolajalari, jismoniy muolajalarni keng qo‘llaymiz. Lekin bunday tarzda massaj qilishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir fizioterapiya muolajasi, massaj qilish, umumiy massaj bo‘ladimi yoki qaysidir qisman, oyoq, qo‘l, umurtqa, bel massaj qilish, davolash strukturasini o‘tkazish o‘zining standartlari asosida olib boriladi. Bu standartlarda qaysi kasalga, qay vaqtda, qancha vaqt davomida qanaqa qilib massaj qilish hammasi yozilgan. O‘sha standartlar asosida olib boriladi. Men o‘sha videoda ko‘rgan massaj davolash standartlariga mutlaqo javob bermaydi.

    Kichkina bolalar birinchi davolash muolajalarini olayotganda, misol uchun, qanaqadir inyeksiya bo‘ladimi, massaj bo‘ladimi, parafin qo‘yiladimi, elektroforez qilinadimi 2-3 yoshli bolalar, albatta, xavotirga tushadi, ta’sirlanadi. Shuning uchun ularga bunday muolajalarni qilishdan oldin hamshira yoki shu muolajani qilayotgan xodim bola bilan oldin kontaktga kirishib olish kerak. Bola massajga o‘rganguncha uni sal ko‘taradi, o‘ziga o‘rgatadi, keyin yengilroq massaj qiladi. Keyin shu muolajalarni bemalol qilish imkoni tug‘iladi. Biz ko‘rayotgan videolavhada bolani ovozi boricha baqirtiryapti. Bu shunaqangi asoratlarga olib kelish mumkinki, buni keyin umuman tuzatib bo‘lmaydi.

    Masalan, bunday holatda birinchidan suyaklar zararlanishi, bo‘g‘imdan chiqib ketishi, suyak sinib qolishi yoki bo‘g‘im yuzasi surilib qolishi mumkin. Suyak zararlanmasa ham bo‘g‘imning atrofida paylar bo‘ladi, ular uzilib ketishi mumkin. Shuningdek, muskullar zararlanishi mumkin. Bunday qo‘pollik bilan davolashsa paylarga, muskullarga qon quyiladi. Chunki u qattiq tortiladi, qon quyiladi. Natijada bolaning issig‘i chiqadi. u shishib ketadi, og‘riydi, bo‘g‘imning ichida suv yig‘iladi, keyin bo‘lim yallig‘lanishi mumkin. Unda bu muolajadan oladigan foydadan ko‘ra zarari ko‘payib ketadi. Shuning uchun bunday davolash strukturasi qilinishiga mutlaqo ruxsat berilmaydi. Yuqorida men aytgan massajlar qilinganidan keyin davolash strukturasi qilinadi. Bunda ham birinchi muolajalar asta-sekinlik bilan ochib-yozib, bukib-yozib amalga oshiriladi. Unday qilinmasa o‘sha yuqorida aytgan asoratlar kuzatilishi mumkin.

    Bu videoda ko‘rsatilayotgan massaj bolalar ortopediyasi kasallariga qilinadigan muolajalarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblayman.

    Ota-onalarga maslahatim, xususiy klinikalarga borishadigan bo‘lsa, albatta, ular bu sohadan bilimga egami, fizioterapiya, massaj, davolash fizkulturasi bo‘yicha o‘qigan sertifikatlarini so‘rashsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

    Tuman, viloyat shifoxonalarida sertifikati, mutaxassisligi bo‘lmagan mutaxassislar bo‘lmasa ularga bu ish bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmaydi”.

    Ma’lumot uchun, tarqalgan xabarlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, Chilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada tasvirga olingani aytilgan uqalash seansi u yerda emas, balki ushbu muassasa binosining xususiy korxonaga tegishli bo‘lgan qismidagi xonalardan birida amalga oshirilgan.

    “Massaj muolajasini bajargan shaxs B.Z. bilan suhbatda u mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma va sertifikatga, qolaversa, fizioterapiya yo‘nalishida diplom va malaka toifasiga ega emasligini ma’lum qilgan. Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqoridagi holatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan”. – deyiladi SSV xabarida.

    Vazirlik axborotida aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda va ularning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    05.07.2022, 20:01   Izoh (0)   20076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gulistondagi hovlisida nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

    05.07.2022, 19:02

    Toshkentda dorixonadan 84 dona “Regapen” psixotrop moddasi topildi

    05.07.2022, 18:55

    Toshkent viloyatidagi tog‘larga chiqib, tusholmay qolgan fuqarolarga yordam berildi

    05.07.2022, 18:44

    “Bizga qilingan murojaatlarning asosiy qismi mehnat munosabatlarida qonun buzilishi va ish haqi to‘lovlari bilan bog‘liq” — Mehnat vaziri

    05.07.2022, 18:33

    Yaponiya O‘zbekiston davlat xizmatchilarining malakasini oshirish uchun 2,7 mln dollar ajratdi

    05.07.2022, 18:10

    O‘zbekiston hayvonot bog‘larida qanday jonzotlar borligi ma’lum qilindi

    05.07.2022, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi tarixiy obidalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 21:06

    Germaniyada Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasi haqida maxfiy hujjatlar e’lon qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 20:40

    Yupiterning paydo bo‘lishi meteoritlarning o‘zgarishiga olib kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 25 avgust, 20:30

    O‘zbek muhojirlari Boltiqbo‘yi davlatlaridan pul yuborishni keskin ko‘paytirdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 20:20

    Suriya prezidenti ash-Shara’a BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 25 avgust, 20:05

    Tramp ABC va NBC telekanallarining efir litsenziyalarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

    Dunyo | 25 avgust, 19:50

    Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 19:37

    Ukraina va AQSH vakillari Rossiya tomoni bilan bo‘lajak tinchlik muzokaralaridan oldin uchrashmoqchi

    Dunyo | 25 avgust, 19:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.