Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar oqibatida 500 dan ortiq fuqaro qo‘lga olingan. AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1-iyul kuni bir guruh shaxslar soxta shiorlar bilan fuqarolarning fikrini chalg‘itib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqargan.
Holat yuzasidan 2-iyul kuni Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)