Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Krishtianu Ronaldu 4-iyun kuni “Manchester Yunayted” bilan kelajagini muhokama qiladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

The Telegraph nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi uch haftalik ta’tildan so‘ng mavsumoldi mashg‘ulotlarga qaytadi va mankunianliklar rahbariyati hujumchidan o‘z pozitsiyasi bo‘yicha tushuntirish olish niyatida.

Klub Ronaldu jamoani o‘zgartirish qaror qanchalik qat’iyligi va u transferni talab qilsa, ikkala tomon uchun keyingi qadamlar qanday bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritmoqchi.

“Manchester Yunayted” vakillari keskin pozitsiyani egallamoqchi.

Ronalduga “qizil iblislar”ning transfer bozoridagi sust harakati yoqmayapti. Jamoa transfer oynasida 6-7 nafar yangi futbolchi xarid qilishi kerak deb hisoblamoqda. Uning jamoa yangi bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan munosabatlarida hech qanday muammo yo‘q.

Avvalroq Ronaldu mankunianlar rahbariyatiga jamoani tark etish niyatida ekanini aytgani xabar qilingandi. Krishtianu faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Keyinchalik “Bavariya” ham uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi haqida xabar berilgandi. Ammo myunxenliklar sport direktori Hasan Salihamijich mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytib o‘tdi.

Ronaldu 2021/22-yilgi mavsum mankunianliklar safida barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar