Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi—2022 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 4-iyun, dushanba kuni Toshkentda yig‘in boshlaydi.
Mashg‘ulotlar 18-iyulga qadar davom etadi. Yig‘in davomida futzalchilar bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov mazkur uchrashuvlarga quyidagi futzalchilarni jalb qildi:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Abbos Elmurodov, Ravshan Eliboyev.
O‘yinchilar: Ixtiyor Ropiyev, Samariddin Berkinov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Shahram Faxriddinov, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov, Davron Choriyev, Xayrulla Solihov, Daler Eshonqulov, Bekali Abdurahmonov, Qosimjon Safarov, Davlat Ibragimov, Akbar Usmonov, Muzaffar Ahadjonov, Asilbek Isroilov.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi—2022 musobaqasi 27-sentabrdan 8-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda B guruhidan joy oldi.
Izoh (0)